Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

APL. «Manchester derbisi»da «Siti» g‘alaba qozondi (video)

APL. «Manchester derbisi»da «Siti» g‘alaba qozondi (video)

Baho:
+ | -

Birinchi bo‘limni Sulsher shogirdlari juda yaxshi o‘tkazishdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Sterlingda yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olmaganda, maydon egalari himoyada mustahkam harakat qilishdi.

"Shaharliklar" ikkinchi bo‘limni juda kuchli boshlashdi va o‘yin taqdirini hal qilishdi. Bernardu Silva jarima maydonchasining o‘ng burchagidan kirdi va kutilmaganda zarba berdi. De Xea esa yaqin burchagidan to‘pni o‘tkazib yubordi.

"MYU" vaziyatni o‘nglash maqsadida tezda oldinga tashlandi va bir nechta hujumlar tashkil qildi. Ayniqsa, Lingard yaqin masofadan bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol eta olmadi. To‘p sakrab kelgani uchun Jessining oyog‘iga tegmay qoldi.

Bahsning 66-daqiqasida esa Sterling to‘p bilan katta masofani bosib o‘tdi va Sanega uzatma berdi. Leroy jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. De Xea yana yaqin burchagini yopa olmadi — 0:2.

Qolgan daqiqalarda "Yunayted" deyarli hech narsa qila olmadi va Gvardiola jamoasi g‘alabani o‘zida saqlab qoldi.

Shu tariqa, "Manchester Siti" 89 ochko bilan jadvalda 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Shaharliklar" qolgan turlarda "Byornli", "Lester" va "Brayton"ga qarshi maydonga chiqishadi. "Liverpul"ni esa "Xaddersfild", "Nyukasl" va "Vulverxempton"ga qarshi o‘yinlar kutib turibdi. Chempionlik masalasi endi "Siti"ning qo‘lida.

APL, 31-turning qoldirilgan o‘yini
Manchester Yunayted – Manchester Siti 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 54 Bernardu Silva, 0:2 – 66 Sane.
Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef, Smolling, Darmian (Sanches, 83), Shou, Pereyra (Lukaku, 72), Pogba, Lingard (Marsyal, 83), Fred, Yang, Reshford.
Manchester Siti – Ederson, Kompani, Laport, Uoker, Zinchenko, Gyundogan (Danilo, 89), Fernandinyo (Sane, 51), Bernardu Silva, Silva, Sterling, Aguero (Gabriel Jezus, 89).
Ogohlantirishlar: Kompani (10), Pereyra (24), Zinchenko (26), Shou (89).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:03, 25.04.2019.
O'qildi: 7420 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик