Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Suxrob Xo‘jayev yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi

Suxrob Xo‘jayev yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tkazilayotgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chemponati yakunlandi. 

24 aprel kuni musobaqaning so‘ngi kunida bolqon uloqtirish bahslarida ishtirok etgan yurtdoshimiz Suxrob Xo‘jayev finalda 72,85 natijani qayd etib, bronza medalni qo‘lga kiritdi. 

Birinchi va ikkinchi o‘rinlarni tojikistonlik Dilshod Nazarov (76,14 m) va qatarlik Ashraf Elsayfiy (73,27) egalladi. 

Qayd etish kerakki, ushbu uchlik 2018 yil yozida Indoneziyada o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida ham o‘zaro bellashgan, o‘shanda birinchi Ashraf Elsayfiy (76,88), Dilshod Nazarov ikkinchi (74,16) va Suxrob Xo‘jayev uchinchi o‘rinni (74,6) qo‘lga kiritgan edi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada sportchilarimizdan Ruslan Qurbonov (uch xatlab sakrash), Nadiya Dusanova (balandlikka sakrash), Yekaterina Voronina (etti kurash) oltin medalni va Svetlana Radzivil (balandlikka sakrash) bronza medalni qo‘lga kiritgan edi.

Shunday qilib, yengil atletika bo‘yicha 23-Osiyo chempionatini O‘zbekiston jamoasi 3ta oltin va 2 ta bronza medal bilan yakunladi.

Manba: Minsport
Kiritildi: 07:49, 25.04.2019.
O'qildi: 2140 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик