Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Ularni hamma hurmat qiladi...

Ularni hamma hurmat qiladi...

Baho:
+ | -

Futbol olamida ayrim futbolchilar xurmacha qiliqlari bilan nom chiqargan bo‘lsa, yana ayrimlari insoniylik, halollik orqali millionlab muxlislar orttirishga muvaffaq bo‘lishdi. Ularning nomini eshitgan zahoti ich-ichingizdan ularga nisbatan hurmatni sezasiz va bunday futbolchilar yana chiqarmikan deya o‘ylab qolasiz…
Bugun muxlislar mehri va hurmatini qozongan futbolchilar haqida so‘z boradi.

Ronaldinyo

O‘zining fantastik texnikasi evaziga maydonda muxlisalr uchun shou uyushtirgan futbolchi sifatida abadiy futbol tarixida qolgan inson, o‘chmas yulduzgina bo‘lib qolmay, samimiyligi bilan ham ko‘plab qalblarni zabt etgan inson...

Uning yuzidan arimaydigan yoqimli kulgusi insonning kayfiyatini ko‘taradi va unga nisbatan qalban yaqinlikni sezasiz. Roni futbolni pul yoki mashhurlik uchun emas, shunchaki rohatlanish uchun o‘ynar, evaziga hech narsa so‘ramaydigan kam sonli futbolchilar sirasiga kirar edi. Uni o‘z vaqtida "Real Madrid" muxlislar ham o‘rinlaridan turgancha, qarsak chalib olqishlashganining o‘zi so‘zlarimizga isbot bo‘la oladi.

Andrea Pirlo

O‘ta sovuqqon bo‘lishiga qaramasdan o‘z ishini ustasi sanalgan futbolchining yer yuzida millionlab muxlislari bor. Uning maydonda juda qo‘pol o‘yin ko‘rsatgani yoki kimdir bilan talashib tortishayotganini sira ko‘rmaysiz. Tashqaridan salobatli ko‘ringan futbolchi aslida o‘ta sodda va kamtarin inson. 2006 - yilgi mundialdan so‘ng u qiziq bir jumlani aytgan edi: “Ertalab o‘rnimdan tursam soat 11 bo‘libdi. Ozgina ovqatlandim, biroz «Play Station» o‘ynadimda, mashg‘ulotlarga ketdim. Qarabsizki, o‘sha kuni kechqurun jahon chempioni bo‘lib turibman :)”

Uni sodda va samimiy inson sifatida nafaqat Italiya balki butun futbol olamida qattiq hurmat qilishadi. Qahramonimiz OAV dan doim qochishga urunadi va e’tibor markazida bo‘lishni hush ko‘rmaydiganlar sirasiga kiradi. Shuningdek,  qahramonimiz Italiya Respublikasi tomonidan bir nechta  davlat ordenlari bilan taqdirlangan kam sonli futbolchilardan biri sanaladi.

Karles Puyol

Ispaniya terma jamoasi va «Barselona» klubi sardori sifatida deyarli barcha turnirlarda g‘olib bo‘lgan qahramonimiz o‘zining mard va jasurligi bilan futbol olamida xurmat qozongan kam sonli futbolchilardan biri hisoblanadi. «Sheryurak» laqabli futbolchi maydonda va uning tashqarisida ham o‘zidagi yetakchilik xususiyati bilan qolganlardan ajralib turadi. U haqida Eto'oning aytgan mashhur iqtiboslaridan birini keltiramiz: «Primero» uchrashuvlaridan birida gol urdim va raqib muxlislari oldida raqs tusha boshladim. Jamoadoshlarim meni ko‘rib zavqlanib kula boshlagan edi. Shu lahzaning o‘zidayoq yetib kelgan Karles bizni koyib berdi. Menga allanimalar deya baqirgancha ortga yugurib ketdi. Yigitlar uni qattiq xurmat qilar va shu sabab hamma indamay joyiga ravona bo‘ldi. Shu jumladan men ham. U men ko‘rgan sardorlar ichida eng zo‘ri!”
Puyol har qanday raqibni hurmat qilar, hech kimga past nazar bilan qaramaydigan kamtarin yulduz futbolchi sifatida ko‘plab muxlislarning yodida qoldi.

Roberto Karlos

Roberto Karlos deganda hammaning hayoliga daxshatli jarima zarbalari va  badjahl futbolchi kelishi aniq. Aslida unday emas. Futbolchi Braziliyadagi eng badavlat sportchi bo‘lmasada, xayriya qilish borasida uning oldiga hech kim tusholmaydi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda qahramonimiz bir nechta kasalxona va bolalar uyini o‘z Vatanida qurib foydalanishga topshirdi. Karlos «Real Madrid» safida uzoq muddat to‘p surgan bo‘lsada, kamdan-kam hollardagina qizil kartochka olar, ortiqcha janjaldan doim qochib yurishga intilar edi. Keyinchalik Turkiya va Rossiyada to‘p surgan Karlos o‘z mahorati va insoniyligi bilan ko‘plab yosh futbolchilarni hayratda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Hozirda o‘z yurtida istiqomat qilayotgan Karlos xayriya fondi ochish arafasida turibdi. Uning kelajakdagi ishlariga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:39, 25.04.2019.
O'qildi: 8297 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.