Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Boks bo‘yicha Osiyo chempionati: O‘zbekiston medallar soni bo‘yicha nechanchi o‘rinda?

Boks bo‘yicha Osiyo chempionati: O‘zbekiston medallar soni bo‘yicha nechanchi o‘rinda?

Baho:
+ | -

Bangkokda 19 apreldan boshlangan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida yarim final janglari ortda qoldi. Kun.uz musobaqaning hal qiluvchi bahslari oldidan turnirga doir ayrim faktlarga to‘xtalib o‘tadi.

Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekiston terma jamoasining 10 a’zosidan 5 nafari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, bu – barcha jamoalar orasida eng yaxshi natija.

Finalda Qozog‘iston va Hindiston termalaridan 4 nafardan vakil qatnashadi, Janubiy Koreyadan esa ikki bokschi oltin medal uchun imkoniyatni saqlab qolgan. Yana beshta mamlakatning bir nafardan sportchilari hal qiluvchi janglarda ishtirok etadi.

Finalchilar:
5 – O‘zbekiston
4 – Qozog‘iston, Hindiston
2 – Janubiy Koreya
1 – Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Iordaniya, Yaponiya, Filippin

Bronza medallari:
3 – Qozog‘iston, Hindiston, Mo‘g‘uliston
2 – Qirg‘iziston, Xitoy

Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda umumiy medallar soni bo‘yicha birinchilik Qozog‘iston va Hindistonga tegishli – ushbu mamlakatlarning 7 nafardan bokschisi chempionatni medal bilan yakunlamoqda. O‘zbekistonliklardan esa 6 vakil Osiyo chempionati sovrindoriga aylangan.

Jami medallar soni bo‘yicha:
7 – Qozog‘iston, Hindiston
6 – O‘zbekiston
4 – Mo‘g‘uliston
2 – Qirg‘iziston, Iordaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, Filippin
1 – Tojikiston, Turkmaniston, Eron, Suriya
Mirazizbek Mirzaxalilov / Foto: O‘zbekiston boks federasiyasi

O‘zbekiston terma jamoasi:
Finalchilar: Nodirjon Mirzahmedov (-49 kg), Mirazizbek Mirzaxalilov (-56 kg), Bobo–Usmon Baturov (-69 kg), Sanjar Tursunov (-91 kg), Bahodir Jalolov (+91 kg)
Bronza medali sohibi: Shukurjon Rahimov (-60 kg)
Chorak finalchilar: Hasanboy Do‘smatov (-52 kg), Shunqor Abdurasulov (-64 kg), Isroil Madrimov (-75 kg), Dilshod Ro‘zmatov (-81 kg)

Final bellashuvlari bugun, 26 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00dan boshlanadi. Unda O‘zbekiston vakillari quyidagi raqiblarga qarshi ringga ko‘tariladi.

-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov - Dipak (Hindiston)
-56 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov - Kavinder Singx Bisht (Hindiston)
-69 kg: Bobousmon Baturov - Sevonrets Okazava (Yaponiya)
-91 kg: Sanjar Tursunov - Xyong Kyu Kim (Janubiy Koreya)
+91 kg: Bahodir Jalolov - Kamshibek Konkabayev (Qozog‘iston)

Qayd etish kerak, bu galgi Osiyo chempionati ilk marotaba erkaklar va ayollar turnirlarini birlashtirgan holda o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 9ta vazn toifasida ishtirok etdi. Ushbu 9 sportchidan 3 nafari: Yodgoroy Mirzayeva (-57 kg), Maftuna Meliyeva (-64 kg) va Shahnoza Yunusova (-69 kg) bronza medali sohibi bo‘lishdi.

Final ishtirokchilari (ayollar):
7 – Xitoy
4 – Xitoy Taypeyi
2 – Hindiston, Vyetnam, KXDR
1 – Janubiy Koreya, Filippin, Tailand

Bronza medallari (ayollar):
4 – Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston, Hindiston
3 – O‘zbekiston
2 – Xitoy Taypeyi
1 – Xitoy, KXDR, Vyetnam

Umuman, qit’a birinchiligi 34 mamlakatdan 304 nafar atletni qamrab olib (192 nafar erkak va 112 nafar ayol bokschilar), bu borada rekord ko‘rsatkichni qayd etdi. 34 terma jamoadan 18tasining vakillari sovrindorlar safidan joy olishdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu Osiyo chempionati shu yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga hech qanday yo‘llanma bermaydi. Xalqaro boks federasiyasining yangi tizimiga ko‘ra, jahon chempionati va Olimpiada uchun alohida lisenzion musobaqa tashkil qilinadi. Qolaversa, o‘tgan yili AIBA tomonidan Tokio Olimpiadasi uchun boks bahslarida yangi vazn toifalari joriy etilgan.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik bokschilar 1995 yildan boshlab qit’a chempionatida ishtirok etib kelishadi, hozirgacha 4 marta (1999, 2002, 2007 va 2017 yillari) umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashgan. Rekord ko‘rsatkich 2017 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda 10ta vaznning 9tasida O‘zbekiston vakili oltin medalga sazovor bo‘lgandi.

Manba: kun.uz
Kiritildi: 06:08, 26.04.2019.
O'qildi: 11001 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик