Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bir jamoada to‘p surgan dushman futbolchilar haqida eshitganmisiz?

Bir jamoada to‘p surgan dushman futbolchilar haqida eshitganmisiz?

Baho:
+ | -

Bir jamoada to‘p sursada dushmanligi bilan nom qozongan futbolchilar bilan tanishing

Yens Lemann va Oliver Kan

Germaniya terma jamoasining asosiy darvozabonligi uchun kechgan kurashda posbonlar ochiqchasiga janjallashib qolishadi va aloqalar o‘ta yomonlashadi. 2002-yildagi Mundialda asosiy darvozabon sifatida ishtirok etgan Oliver Kan haqida Lemann shunday deydi : «Men 3 ta narsani yomon ko‘raman. Mashinada tirbandlikda qolib ketishni, zahirada o‘tirishni va Oliver Kanni». Uning bu fikrlari OAV tomonidan katta shov-shuv bilan qabul qilinadi.  Keyinchalik, Kan ham futbolchining sha’niga «iliq» fikrlar bilidiradi. Shunga qaramasdan, 2006-yilda darvozabonlarning aloqalari yaxshilangandek ko‘rinadi, ammo ular hozirgacha umuman aloqa qilishmaydi.

Sheringem va Koul

O‘z vaqtida «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilgan futbolchilar deyarli 20 yildan beri bir-birlari haqida negativ fikrda ekanligini yashirib o‘tirishmaydi. Bunday janjalning sababi deya ingliz nashrlari futbolchilar o‘rtasida irq masalasida bo‘lib o‘tgan janjalni vaj qilib ko‘rsatishsa, boshqa manbalar asosiy tarkibdagi joy uchun bo‘lgan kelishmovchilikni asosiy sabab deya qayd etadilar. Yaqindagina shou dasturlarning birida mehmon bo‘lgan Endi Kolga aynan shu masala yuzasidan  savol berilganida : “Men u bilan choy ichgandan ko‘ra, 1996-yilda oyog‘imni sindirgan «Liverpul» himoyachisi bilan suhbatlashib o‘tirishni afzal ko‘rman”, - deya ochiqchasiga  bayonot berdi. Tedi esa, uning fikrlari ham, o‘zi ham uni hech qachon qiziqtirmasligini takrorlaydi va uni yolg‘onchilikda ayblashdan haligacha charchamaydi. «Qizil iblislar»ning ikki afsonaviy futbolchilari o‘rtasidagi nizo bartaraf etilmaydigandek ko‘rinmoqda…

Robert Levandovskiy va Yakub Blashikovskiy

Bu futbolchilar Germaniyaga bir vaqtda kelishgan, Yevro futbolga ilk qadamlarini «Borussiya Dortmund» safida qo‘yishgan bo‘lsada, deyarli aloqa qilishmaydi. Bunga  futbolchilarning ikki xil partiya a’zosi ekanligini sabab qilib ko‘rsatishsada, bu adovat tagida boshqa biz bilmagan sirlar yetarlicha topiladi.
2013-yilda uylangan Robert Levandovskiyning hashamatli to‘yida Blashikovskiyga joy topilmaydi. Oradan bir yil o‘tib Robert agar terma jamoa sardorligi «Kuba»dan unga olib berilmasa, ortiq Polsha sharafini himoya qilmasligini ochiqchasiga e’lon qiladi. Bu esa Yakubning battar jahlini chiqaradi va muxlislarning qarshiligiga qaramasdan terma jamoa sardorlik bog‘ichini Robertga topshiradi. Kuba Levandovskiyning ochiqchasiga dushmanlik qilishining sababini hozirgacha sir saqlab kelmoqda. Balki  bunga unda asosli sabab bordir? Balki Kuba vatandoshining sirlarini fosh qilgisi kelmagandir? Yana kim biladi deysiz?

Rafael van Der Vart va Zlatan Ibrahimovich

Asr boshida «Ayaks» klubi safida to‘p surgan futbolchilar o‘rtasidagi janjal Shvesiya va Gollandiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan boshlangan edi. O‘sha o‘yinda Zlatan Rafaelning oyoqlarini sindirgan, keyinchalik buni tasodif deb atagan edi. Rafa esa, buni ochiqchasiga dushmanlikka yo‘ydi va OAV orqali Ibraning qilgan ishini qoralay boshladi. Oqibatda,  Zlatan: «Bunday bolakay sardorlik qiladigan klubda to‘p surmayaman», - degancha «Yuventus» safiga o‘tib ketadi. Oradan bir necha yillar o‘tgach, o‘z intervyularidan birida  Zlatan :  «Agar Rafa meni yana shunday noo‘rin ayblasa bor-mi, bu safar atayin ikkala oyog‘ini ham sindiraman»,- degan edi. Shu mashmasha sababli «Ayaks» Ibrani sotib yuborgan, Rafael esa uzoq muddatga safdan chiqqan, keyinchalik  o‘z formasini tiklagunicha «Real Madrid» safiga o‘tib ketgan edi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:35, 27.04.2019.
O'qildi: 11598 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.