Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Andrey Arshavin: «Futbolchilik davrimni sog‘inyapman»

Andrey Arshavin: «Futbolchilik davrimni sog‘inyapman»

Baho:
+ | -

«Zenit» klubi va Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Andrey Arshavin ayni payt o‘zini sharhlovchilikda sinab ko‘rmoqda. Umuman olganda, uning futbol o‘yinlarini sharhlashi ko‘pchilikka manzur bo‘lyapti. Yaqinda RT nashri Arshavin bilan suhbat uyushtirdi. 

— Yevro Ligasi finalidan oldin KIA Moskvaga kubokni olib keldi. Ushbu musobaqada g‘olib chiqqaningizga 11 yil bo‘ldi. Hissiyotlar qanday?

— Kubokni ko‘rib quvondim. Garchi bu men ko‘targan kubok ekanligiga shubha qilsam ham. Manchesterdagi g‘alabadan so‘ng faoliyatimdagi eng yoqimli hissiyotlardan birini tuygandim. Shuningdek, finalning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilganman. Shu bois ham KIA kubokni Moskvaga olib kelganidan xursandman.

— Faoliyatingiz davomida ko‘p yutuqlarga erishgansiz. Ular orasida UYEFA kubogidagi zafar qanday o‘rin tutadi?

— Faoliyatimda uchta muhim o‘yin bo‘lgan: «Reynjers»ga qarshi final, 2007 yilgi Rossiya - Angliya uchrashuvi hamda Ramenskdagi bahs. Aynan o‘shanda «Zenit» ilk bor Rossiya chempioni bo‘lgan.

— Manchesterdagi final o‘sha turnirdagi eng qiyini bo‘lganmi?

— Yo‘q. Bunga qadar bir qator og‘ir uchrashuvlar o‘tkazgandik. Misol uchun, «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinlarni olaylik. Marselda 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib, o‘z maydonimizda 2:0 hisobida zafar quchganmiz. «Bavariya»ni 4:0 hisobida mag‘lub etgan o‘yinimizda, afsuski, ishtirok etolmagandim. Final esa hayajonli, ammo biroz oson o‘tgan.

— Hozirgi «Zenit»ni o‘sha paytdagi «Zenit»ga taqqoslasa bo‘ladimi?

— Yo‘q, solishtirishim qiyin. 11 yil oldin o‘ynagan jamoa mutlaqo boshqa bir tarix. Sergey Semak qo‘l ostida esa boshqa ijrochilar to‘p surishmoqda. Futbol o‘tgan davr mobaynida ancha o‘zgardi.

— Hozirgi «Zenit» yana yuksak natijalarni qayd etishi uchun nima qilish kerak?

— Jamoa tarkibi yomon emas. Shunchaki, to‘g‘ri yo‘ldan borish kifoya. O‘shanda «Zenit» nafaqat Yevropa Ligasi, balki boshqa turnirlarda ham zafar quchishi mumkin edi.

— Uchinchi yevrokubok o‘yinlari tashkil etilishiga qanday munosabatdasiz?

— Format, ishtirokchilar, saralash prinsiplarini bilmay turib, bir narsa deyish qiyin. Lekin uni shunchaki o‘ylab topishgan, deb o‘ylamayman. Demak, uchinchi turnir milliy federasiyalar uchun kerak. Ular o‘z klublari xalqaro arenalarda o‘ynashini istashadi.

— So‘nggi paytlarda o‘zingizni teleekspert sifatida namoyon qildingiz. Mashhur sharhlovchi Gennadiy Orlovning aytishicha, sizda bu borada tug‘ma iqtidor bor ekan.

— O‘zimni bu sohada yaxshi his qilyapman. O‘zimga baho berish niyatim yo‘q. Buni telemuxlislardan so‘rash kerak. Agar kerak bo‘lsam, sharhlovchilik bilan shug‘ullanishda davom etaman. Aks holda, telekanallar rahbarlari shunchaki taklif qilmay qo‘yishadi.

— Ayrim ekspertlar ijtimoiy tarmoqlarda faollar. Gari Lineker yoki Vladislav Radimov shular jumlasidan. Siz ham ayni yo‘ldan borishni istamaysizmi?

— Oldin ham aytganimdek, «Instagram» va men boshqa-boshqa olammiz. Biroq hozirgi jarayon va faoliyatim tufayli bu bilan shug‘ullanishga majburman.

— Yarim yil oldin faoliyatingizni yakunlaganingizni ma’lum qildingiz. Afsusda emasmisiz?

— Bu savolga tez-tez javob beraman. Futbolchilik davrimni umuman sog‘inmayapman. Bunga vaqtim ham yo‘q. Ko‘p ishlayapman, safarlarga chiqyapman. «Zenit»ning «Gazprom Arena»dagi o‘yiniga kirsam, maydonga tushish istagi tug‘ilmaydi.

— RFIni Aleksandr Dyukov bosh­qarmoqda. Agar biror-bir ish taklif qilsa, rozi bo‘lasizmi?

— RFIda doimiy ishchi bo‘lishni istamayman. Aleksandr Valeryevich mendan istaganini so‘rashi mumkinligi va unga rad javobini bera olmasligimni biladi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 12:53, 28.04.2019.
O'qildi: 1957 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.