Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Muzaffar Muzaffarov: «Uddalab bo‘lmas ishning o‘zi yo‘q»

Muzaffar Muzaffarov: «Uddalab bo‘lmas ishning o‘zi yo‘q»

Baho:
+ | -

Superliga jamoalari turdan turga o‘z sport formalariga kirib borishmoqda. Maqsadlar ulkan: Toshkent shahri klublari doimgidek chempionlikni vazifa qilib, shunga yarasha harakat qilayotgan bo‘lishsa, viloyat jamoalari asosan muxlislarbop, chiroyli futbol ko‘rsatishga intilishmoqda.

Bu albatta, quvonarli hol. O‘tgan mavsum muxlislar va mutaxassislar tomonidan ko‘p tilga olingan Bekobodning «Metallurg» klubi ham dastlabki turlardan mazmunli o‘yin namoyish etishga intilyapti. Tarkibini Server Jeparov, Bahrom Abdurahimov kabi tajribali futbolchilar bilan kuchaytirgan jamoaning natijalari hozircha chakki emas. Qolaversa, muhim uchrashuvlar hali oldinda. Har bir o‘yinda qo‘lga kiritilgan ochko jamoa a’zolari uchun ruhiy ko‘tarinkilik taqdim etishi shubhasiz. «Neftchi» va AGMKdagi o‘yinlari bilan ommaga tanilgan Muzaffar Muzaffarov joriy yildan e’tiboran bekobodliklar sharafini himoya qilmoqda. Biz yaqinda ushbu futbolchi bilan bog‘lanib, turli mavzularda suhbatlashdik. 

- Muzaffar, yangi mavsumning ortda qolgan uchrashuvlari haqida fikr-mulohazalaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz...

- O‘tgan vaqt mobaynida bir qator o‘yinlar o‘tkazdik. Ma’lumki, mavsum startida «Dinamo»ga qarshi maydonga tushib, alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldik. Qarangki, futbolda yaxshi o‘ynab ham gohida yutqazib qo‘yish mumkin ekan. Mag‘lubiyat bilan mag‘lubiyatning farqi bor, menimcha. Gohida butun o‘yin davomida ustunlik qilasan-u, ammo yakunda natija raqib tomoniga o‘tib ketadi. Samarqand klubiga qarshi bahsda xuddi shunday bo‘ldi. Umuman olganda, bu mavsum deyarli barcha jamoalar teng kuchga ega ekanligini ko‘rsatishmoqda va bu albatta, raqobatning oshishiga xizmat qiladi.

- Superliganing siz uchun kutilmagan voqeasi nima bo‘ldi?

- «Surxon» va «Dinamo» klublari nafaqat meni, balki ko‘pchilikni hayron qoldirishyapti. To‘g‘ri, ular kutilmaganda elitada paydo bo‘lishdi. Biroq bu jamoalar ko‘rsatayotgan o‘yin hamda natijalar tahsinga loyiq. Uzoq muddatdan so‘ng kuchlilar safiga qaytgan «Surxon» o‘z uyida «Paxtakor» bilan durang qayd etdi. Davron Fayziyev shogirdlari esa «So‘g‘diyona»ni mag‘lub etishdi. Qolaversa, barcha jamoalar yaxshi sport formasiga kirishayotganini takidlab o‘tish joiz. Oldinda hali bahslar ko‘p, shuning uchun xotirjamlikka berilishga erta.

- Nima deb o‘ylaysiz, «Paxtakor» va «Lokomotiv» qarshiligini yengib, chempion bo‘lish uchun viloyat jamoalariga nima yetishmaydi?

- Aslida, poytaxtning ikki klubi bilan ham o‘ynasa bo‘ladi. Lekin real olib qarasak, ular tarkib jihatidan va boshqa bir qator ishlar bo‘yicha boshqalardan sezilarli darajada ustunlikka ega. Shu jumladan moliyaviy imkoniyatlar borasida ham. Menimcha, bu yil birinchilikni «Paxtakor» hech kimga bermasa kerak. O‘yin taraflama, tarkibidagi futbolchilar tomondan ham ularda muammo yo‘q. «Paxtakor»ga yana bir boshqa jamoa - «Lokomotiv» jiddiy raqobat tug‘dirishi mumkin. Albatta, «Metallurg» o‘z oldiga jiddiy vazifalarni qo‘ygan va ular bilan munosib kurashishga harakat qilamiz. Zero futbolda uddalab bo‘lmaydigan ishni o‘zi yo‘q.

- Server Jeparov bilan birga to‘p suryapsiz. Tajribali futbolchidan nimalarni o‘rganyapsiz?

- Uning jamoamizda o‘ynashining o‘zi katta gap. Jeparovdan o‘rganadigan narsalar ko‘p. Bu futbolchi bekorga Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilmagan. O‘z vaqtida yurtimiz futboli rivojiga ulkan hissa qo‘shgan va bu holat davom etmoqda. Jeparovning «Metallurg»dagi faoliyatiga kelsak, u birinchi navbatda, tartib-intizom masalasi bo‘yicha barchaga o‘rnak bo‘lmoqda. To‘plagan tajribasini biz - yosh futbolchilar bilan bo‘lishmoqda. Bilganlarini erinmay, batafsil tushuntiradi. Maydonda ham, uning tash­qarisida ham samimiy inson.

- Yevropa futbolini kuzatib borasizmi? Sizningcha, «Manchester Yunayted» Sulsher bilan avvalgi darajasiga qayta oladimi?

- Yevrofutbolni tomosha qilmaydigan futbolchi yurtimizda topilmasa kerak. Menimcha, «MYU» tez orada avvalgi obro‘sini tiklaydi. Sulsher futbolchilik davrida bu klub bilan ko‘plab sovrinli o‘rinlarni egallagan. Garchi shaxsan o‘zim mazkur jamoa muxlisi bo‘lmasamda, inqiroz davri ortda qolganiga ishonaman. Muxlislar norvegiyalik murabbiyga ishonishda davom etishlari kerak. U albatta, keyingi mavsumda o‘z so‘zini aytadi. Qolaversa, Sulsher klub boshqaruviga mavsumning qoq o‘rtasida kelganini ham inobatga olish kerak. Chempionat boshida kelganida, boshqa gap edi.

- «Ayaks» Chempionlar Ligasida «to‘fon» ko‘tarmoqda...

- Aslida yoshlardan iborat bu jamoaning natijalaridan hayratlanmaslik kerak. Chunonchi, amsterdamliklar bundan ikki yil avval Yevropa Ligasi finaliga qadar yetib borishgan. Boz ustiga, Ten Xag shogirdlari har bir o‘yinda bosimsiz o‘ynab, quvnoq futbol namoyish qilish­yapti. «Yuventus»dek klub taslim etildimi, demak, «Ayaks» Yevropadagi istalgan jamoani mag‘lub etishga qodir. Eng muhimi, klub a’zolarida bunga to‘liq ishonch bor.

- APLda kim chempion bo‘lishini kutyapsiz?

- Nazariy jihatdan «Liverpul»ning imkoniyatlari balandroq. Zero yaqin ta’qibchi - «Manchester Siti»ni oldinda ikkita qiyin bellashuv kutyapti. Aslini olganda, «Liverpul» ham, «Manchester Siti» ham birinchi o‘rinni egallashga loyiq. Qolganini esa vaqt ko‘rsatadi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 13:14, 28.04.2019.
O'qildi: 1674 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.