Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Ispaniya superkubogi-2020da ishtirok etadigan 4 jamoa aniq bo‘ldi: «el-klasiko» ehtimoli mavjud

Ispaniya superkubogi-2020da ishtirok etadigan 4 jamoa aniq bo‘ldi: «el-klasiko» ehtimoli mavjud

Baho:
+ | -

Ispaniya qirolligi futbol federasiyasi Ispaniya superkubogi musobaqasi formatiga o‘zgartirish kiritilganini tasdiqladi.

2020 yildan boshlab turnir "To‘rtlar finali" prinsipi asosida o‘tkaziladi. Unda La liga chempioni va vise-chempioni, Ispaniya kubogi g‘olibi va finalchisi ishtirok etadi.

Agar bir yoki ikki jamoa ham Primera, ham Kubok orqali yo‘llanmani qo‘lga kiritsa, ularning o‘rni La ligada yuqoriroq o‘rinni egallagan jamoa bilan to‘ldiriladi.

Superkubokning yarim finalida La liga chempioni va Kubok finalchisi hamda Kubok g‘olibi va Primerada 2-o‘rinni egallagan jamoa (yoki uning o‘rnini egallagan klub) o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Superkubok bunday formatda ilk marta 2020 yilning yanvar oyida o‘tkaziladi. 8 va 9 yanvar kunlari yarim final, 12 yanvar kuni esa final bahsi o‘tkaziladi. Musobaqa Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi mumkin.

Shu tariqa, yangi formatdagi Superkubokning dastlabkisida quyidagi jamoalar ishtirok etishadi:

«Barselona» (chempion va Ispaniya kubogi finalchisi);
«Valensiya» (Ispaniya kubogi finalchisi);
«Atletiko» va «Real» (Primerada kuchli uchlikka kirgan jamoalar).

Ispaniya superkubogi yarim final juftliklari quyidagicha ko‘rinish olishi mumkin:

A) Agar "Valensiya" jamoasi Ispaniya kubogini qo‘lga kiritsa:

«Barselona» — «Real Madrid» *
«Valensiya» — «Atletiko» *

Izoh: *Agar La ligada "Atletiko" 2-o‘rinni, "Real" 3-o‘rinni egallasa, shunday juftlik yuzaga keladi. Aks holda bu jamoalarning o‘rni almashadi. "Matraschilar" chempionatning qolgan 3ta o‘yinida 1 ochkoni qo‘lga kiritsa ham La ligada kumush medalga ega chiqadi.

V) Agar Ispaniya kubogi "Barselona"ga nasib etsa:

«Barselona» — «Valensiya»
«Atletiko» — «Real Madrid» 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:53, 29.04.2019.
O'qildi: 11454 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.