Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Liverpul»ga qarshi «Barselona»ga qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan jihatlar

«Liverpul»ga qarshi «Barselona»ga qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan jihatlar

Baho:
+ | -

1-may sanasida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan YCHL yarim finali doirasidagi «Barselona» va «Liverpul» uchrashuvi ko‘plab muxlislarning e’tibor markazida turibdi. Final oldidan «final» maqomiga ega bo‘lgan super to‘qnashuvning natijasi qanday bo‘lishini tahmin qilish mushkul. Shunday bo‘lsada, bu o‘yinlar chog‘ida kataloniyaliklarga qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan faktlar to‘g‘risida suhbatlashamiz.

Valverde - progmatik futbol tarafdori

Ushbu mavsumda Valverde sovrinlarsiz qolmaslik uchun to‘liq progmatik futbolni targ‘ib qiluvchi taktik sxemalardan foydalanmoqda. U «La liga» bahslarida  ham hisobda oldinga chiqib olgach, to‘liq o‘yinni o‘ldirmoqda va asosiy o‘yinchilarini erta zahiraga olmoqda. Aynan shu faktorlar evaziga «Barsa» avvalgidek chiroyli bo‘lmasada, natija ko‘rsatuvchi futbol namoyish etmoqda. Jamoa bu mavsumda qolganlariga nisbatan bir necha barobar kamroq yirik hisobda g‘alaba qozongani so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Doim maydonda to‘liq harakat qilishiga ko‘nikib qolgan yetakchi futbolchilarning barchasi ham bu mavsumda odatdagidan ko‘proq zahiraga olindi. Bu esa, mavsumning so‘nggi uchrashuvlariga qadar jismoniy holatni ushlab turishga ko‘mak bersa, ajab emas. Umumiy qilib aytganda, bu mavsum «Barselona» to‘liq natija uchun o‘ynamoqda.   

Messini to‘xtatib bo‘lmayapti

Darhaqiqat, Leo Messi bu mavsumni «dahshatli» (44 ta uchrashvda 45 ta gol va 22 ta assist) o‘tkazmoqda. Futbolchi o‘zining pik formasida va uni hozirda to‘xtatib qolishning imkoni juda kam. Boz ustiga, Ronalduning YCHLdan chiqib ketishi, «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish uchun ajoyib motivasiya berishi turgan gap. Futbolchining o‘zi ham katta turnirlardagi chempionlikni sog‘ingan va g‘oliblik uchun yo‘lidan chiqqan to‘siqlarni bartraf etish uchun bor kuchi bilan «jang qilishga shay» bo‘lib turibdi.

«Liverpul»ning qulay o‘yin uslubi

Yurgen Klopp boshchiligidagi «Liverpul» ochiq futbol tarafdori ekanligi hech kimga sir emas. Yurgen Klopp maydonda asosiy urg‘uni o‘z hujumlariga qaratadi va raqibga ham hujum uyushtirish uchun imkoniyat yaratib beradi. Aynan shu faktor finalga chiqish uchun katta rolni ijro etishi mumkin. Sababi, «Barselona»dek saviyali jamoaga gol urish uchun bitta imkon berish ham gol bilan yakunlanishi mumkin «Liverpul» o‘zi ham o‘ynaydigan raqibga ham o‘ynash uchun imkoniyar yaratib beradigan jamoalar sirasiga kiradi.

«Barselona» Ispaniya chempioni «Liverpul» esa…

Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan «Barselona» klubi endi bor e’tiborini YCHLga qaytish imkoniga ega. «Liverpul» esa, APLning so‘nggi turlariga qadar faqat va faqat g‘alaba qozonish uchun maydonda jang qilishlari shart. Bu esa, o‘zi shundoq ham u qadar kuchli bo‘lmagan zahira o‘rindig‘ining yanada torayib ketishiga sabab bo‘lishi aniq. «Liverpul»ning zahira o‘rindig‘idagi hujumchilarining saviyasi Salah, Firmino, Manenikidan biroz pastroq.

Shaqiriga kayfiyat o‘yinchisi bo‘lsa, Staridj formada emas. Origi so‘nggi o‘yinlarda jamoasiga umuman yordam bera olmayabdi. «Barselona»da esa, imkoniyat biroz yaxshiroqdek ko‘rinmoqda. Koutino va Malkomning o‘yini ancha o‘sgan bo‘lsa, Dembele o‘z darajasiga ko‘tarilib olishga muvaffaq bo‘ldi.  Ikki grand klublar o‘rtasidagi to‘qnashuvda zahiradan o‘yinga qo‘shiladigan futbolchilarning ahamiyati katta ekanligini hisobga olsak, bu borada ham «Barselona»da biroz ustunlik mavjud.

 

«Tanganing ikki tomoni bo‘ladi»,- deganlaridek «Liverpul»ning Ispaniya klubidan ustun tomonlari ham mavjud. Bu mavzu to‘g‘risidagi maqolamizni ertangi dasturda e’lon qilamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:40, 30.04.2019.
O'qildi: 14478 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.