Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

O‘FA qoshidagi futbol maktabi bolajonlarni chorlab qoladi

O‘FA qoshidagi futbol maktabi bolajonlarni chorlab qoladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi yurtimizda futbolni ommalashtirish, bolalar futbolini rivojlantirish, terma jamoalarimizga munosib nomzodlarni yetkazib berish maqsadida turli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.   Yurtimizdagi iste’dodli bolalarni futbol bilan muntazam shug‘ullanishlarini ta’minlash, yosh futbolchilarning saviyasini o‘stirib borish, yangi iste’dodlarni kashf qilish maqsadida, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi qoshida bolalar uchun futbol maktablari tashkil etilgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. 

Mazkur futbol maktablarida malakali murabbiylar 6-10 yoshdagi bolalarga futbol sir-asrorlarini o‘rgatib borishadi. Jumladan, O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi Pavel Solomin hamda Naufal Boboyev murabbiy sifatida ishlashmoqda.   Ushbu to‘garaklarda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish va yosh futbolchilarning mahoratlarini sayqallab borish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Futbol maktabiga qatnashish istagida bo‘lgan bolalarning ota-onalari quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin:    +998901857547

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 13:18, 30.04.2019.
O'qildi: 4567 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик