Coca Cola Superligada 7-tur uchrashuvlari start oldi.
Ushbu tur doirasida “Andijon” o‘z maydonida “Dinamo” bilan bahs olib boradi. Mazkur to‘qnashuvda “burgutlar” to‘liq oq rangli sport formalarida maydonga chiqishadi. Samarqandlik futbolchilar esa to‘liq ko‘k formada o‘ynashadi.
Ta’kidlash joiz, “Andijon” — “Dinamo” uchrashuvi 5 may, yakshanba kuni soat 17:20da “Sog‘lom avlod” stadionida bo‘lib o‘tadi.