"Chelsi" Yevropa ligasi 1/2 finalining birinchi o‘yinida "Ayntraxt" bilan safarda durang o‘ynadi (1:1).
London klubi rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich davrida mavsum-2003/04dan boshlab yevrokuboklarda to‘qqizinchi yarimfinalda o‘ynamoqda.
"Chelsi" bu davrda ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha "Barselona" bilan birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.