Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Paxtakor»ning raqibi - «Persepolis»

«Paxtakor»ning raqibi - «Persepolis»

Baho:
+ | -

"Paxtakor" Osiyo Chempionlar Ligasi 5-turida 6 may kuni "Persepolis"ni qabul qiladi.

"Persepolis" nafaqat Eron, balki Osiyoda ham eng mashhur jamoalardan biri hisoblanadi. Jamoa uy o‘yinlarini o‘tkazadigan "Ozodiy" stadioni aksariyat uchrashuvlar paytida ishqibozlar bilan to‘ladi. Oxirgi ikki mavsumda jamoa Chempionlar Ligasida ham o‘zini ko‘rsatib, kamida yarim finalgacha yetib keldi. O‘tgan mavsumda esa finalda "Kashima Antlers"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

"Persepolis" hozirga qadar Eron chempionatida 11 marta, Eron Kubogida esa 5 bor g‘alaba qozongan. Osiyo Kubok egalari Kubogida 1991 yil zafar quchgan. Chempionlar Ligasida esa 5 yarim final va bir bor finalda o‘ynagan. Joriy mavsumda Eron chempionati tugashiga ikki tur qolganda "Persepolis" peshqadam bo‘lib turibdi va chempionlik uchun juda yaxshi imkoniyat hosil qilgan.

2015 yildan buyon tehronliklarni xorvatiyalik mutaxassis Branko Ivankovich boshqarmoqda. U Eron chempionatida ketma-ket ikki bor zafar quchib, Chempionlar Ligasida yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda. Bu yil esa uchinchi muvaffaqiyatga yaqin turibdi.

Jamoa safidan Alirizo Beyranvand, Said Jalol Hussayni, Mehri To‘robi, Ali Alipur kabi mahalliy yuqori saviyadagi futbolchilar o‘rin olgan.

"Persepolis"ning Chempionlar Ligasi uchun ro‘yxati bilan tanishing.

Darvozabonlar

1. Alirizo Beyranvand

12.Abulfazl Darvishvand

44. Bozidar Radoshevich (Xorvatiya)

Himoyachilar

3. Shojai Halilzoda

4. Said Jalol Hussayni

13. Hussayn Mahini

15. Muhammad Ansari

17. Mehdi Shiri

28. Muhammad Nodiri

38. Said Ehson Hussayni

69. Ali Moslah Taklimi

Yarim himoyachilar

2. Omid Alishoh

5. Bashar Resan (Iroq)

7. Surush Rafei

8. Ahmad Nurollohi

11. Kamoliddin Kamyabinia

18. Muhsin Rabixon

21. Adam Ne’mati

26. Said Hussaynpur

88. Siamak Ne’mati

Hujumchilar

9. Mehri To‘robi

10. Mehdi Sharifi

19. Mario Budimir (Xorvatiya)

23. Muhammad Amin Asadi

66. Said Karimi

70. Ali Alipur

Manba: Pakhtakor.uz
Kiritildi: 18:17, 05.05.2019.
O'qildi: 2637 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.