Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya 1-1 Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao 4-2 Levante
08/02 21:30 Liverpul 1-2 Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo 0-5 Inter
08/02 22:30 Atletiko 0-1 Betis
09/02 00:45 Yuventus 2-2 Lasio
09/02 01:00 Valensiya 0-2 Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese
10/02 00:45 Roma - Kalyari
10/02 01:00 Vilyarreal - Espanyol

Bo‘kalik yoshlar Respublika chempioni!

Bo‘kalik yoshlar Respublika chempioni!

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5ta tashabbusning ikkinchisi, ya’ni sport to‘garaklari faoliyatiga alohida e’tibor berilishi natijasida Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 15-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘z tengdoshlaridan sog‘lom, chaqqon va abjir ekanliklarini isbotladi.   O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan futbol bo‘yicha Mehribonlik uylari va bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida Respublika birinchiligining final bosqichi Toshkent shahrida o‘tkazildi. Hal qiluvchi bosqichda mamlakatimizning 4ta mintaqasidan sportchi yoshlar g‘oliblik uchun bahs olib bordi.   Final bosqichida Farg‘ona vodiysi mintaqasidan Marg‘ilon shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlari orasidan Xiva shahridagi Bolalar shaharchasi jamoasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyati vakillarini jamlagan hududdan esa Samarqand shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyi hamda Toshkent shahri, Jizzax, Toshkent va Sirdaryo viloyati vakillari o‘rtasida Bo‘ka tumanidagi 15-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘zaro bellashdi.   photo5364055050944621229.jpg   Yakuniy bosqichda bo‘kalik yoshlar Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini 8:2, Sirdaryo viloyati vakillarini 5:2, Toshkent shahri vakillarini 3:2 va yarim finalda Samarqand shahri yoshlarini 2:0 hisobida yengishdi. Finalda Farg‘ona viloyati vakillaridan 6:1 hisobida ustun kelgan Bo‘ka tumanidagi 15-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Respublika chempionligini qo‘lga kiritdi.   Natijada bo‘kalik sportchi yoshlar musobaqa bosh sovrini – ko‘chma kubok, medallar, 1-darajali diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.   Xulosa o‘rnida shuni aytish kerak, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5ta tashabbusdan ko‘zlangan maqsadlar birin-ketin o‘z samarasini bera boshladi. Ushbu samara va natijalar o‘quvchi yoshlarning ta’lim-tarbiyasida, hayotda erishayotgan yutuqlarida aks etishi lozim edi va bunga ma’lum ma’noda erishilmoqda.
Manba: UZA
Kiritildi: 09:37, 07.05.2019.
O'qildi: 2408 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.