Kirish Ro'yxatdan o'tish

Endi sport menejerlari o‘zimizda o‘qitiladi

Endi sport menejerlari o‘zimizda o‘qitiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5ta tashabbusda mamlakatimiz yoshlari orasida sportni rivojlantirish, ularni jismonan sog‘lom va faol bo‘lishlarini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalasiga alohida urg‘u berilgan.   Ushbu tashabbus ijrosi doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) bilan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.   Unga ko‘ra JIDUda sport boshqaruvi kadrlarini tayyorlash, turli milliy va xalqaro sport federasiyalari bilan mustahkam aloqalar o‘rnatish, shuningdek, Universitetning magistratura yo‘nalishida “Sport xuquqi” kafedrasini tashkil etish rejalashtirilgan.   Tadbirda so‘zga chiqqan MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov ushbu voqelik qanchalik ahamiyatli ekaniga alohida to‘xtalib o‘tdi.   2.jpg   “Professional sportni yanada rivojlantirish uchun sport boshqaruvi sohasida ham jahonning yetakchi mamlakatlari safiga qo‘shilishimiz kerak. Kelajakda universitet bilan hamkorlikni yanada rivojlantirib, malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha ish olib boramiz. Buning uchun universitetning iqtidorli talabalarini yirik xalqaro musobaqalarda delegasiyamiz bilan birgalikda faoliyat olib borishi kabi keng imkoniyatlar yaratib beramiz. Sport huquqi va boshqaruvi bo‘yicha mutaxassis kadrlar yurtimiz sportini yangi bosqichga olib chiqishda muhim o‘rin tutadi”.   So‘ngra Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti birinchi prorektori Matyokub Baqoyev va MOQ prezidenti, O‘FA birinchi vise-prezidenti U.Ahmadjonov “Sportda boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida”gi memorandumni imzoladi.   Memorundum talabalar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb qilishda muhim ahamiyatga ega.   Ta’kidlash joiz, memorandum imzolanishidan avval har ikki tomon tor doirada uchrashuv tashkil qilib, kelajakda bunday hamkorlikni yanada izchil yo‘lga qo‘yish borasida kelishuvga erishdi. Hamkorlik doirasida JIDU talabalari sohalari bo‘yicha amaliyotlarini MOQda olib borishi, universitetda esa Ektor Kuper, Lyubinko Drulovich kabi yurtimizda faoliyat olib borayotgan jahonga mashhur murabbiylar yoki sportimiz yulduzlari ishtirokida uchrashuvlar tashkil qilish ko‘zda tutilgan.   3.jpg   Xabaringiz bor, O‘zbekiston 2030 yilgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilish uchun kurash olib bormoqda. Bugun imzolangan memorandum bo‘lajak yirik kompleks musobaqaga munosib tayyogarlik ko‘rish yo‘lida har tomonlama ilg‘or kadrlarni yetishtirib berishi bilan yanada ahamiyatlidir.   Tadbir davomida mehmonlar universitet kutubxonasida ham bo‘ldi. Umid Ahmadjonov kutubxonaga taniqli jurnalist va sport sharhlovchisi Axbor Imomxo‘jayev qalamiga mansub o‘zbek futbolining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Asr futbolidagi asl qadrdonlarim” hamda MOQning “Olimp sari” kitoblaridan sovg‘a qildi. O‘z navbatida universitet rahbariyati kutubxonada Milliy olimpiya qo‘mitasi burchagini tashkil etishini ma’lum qildi.   Shundan so‘ng mehmonlar JIDU sport maydonchasida sportning mini-futbol, tennis va voleybol turlari bo‘yicha musobaqalarni tomosha qildi.   4.jpg
Manba: UZA
Kiritildi: 09:47, 07.05.2019.
O'qildi: 1342 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.