Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

JCH-2026 dan so‘ng O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikki futbolchisining narxi oshdi

JCH-2026 dan so‘ng O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikki futbolchisining narxi oshdi

Baho:
+ | -

Transfermarkt portali 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolarining transfer narxlarini yangiladi.

Mundialdagi ishtirokdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar yosh himoyachisi bozor qiymatida o‘sish qayd etilgan. Xususan, 22 yoshli markaziy himoyachi Jahongir O‘rozovning transfer narxida ijobiy o‘zgarish kuzatildi: uning avvalgi narxi 600 ming yevro bo‘lgan bo‘lsa, yangilanishdan so‘ng ayni paytdagi bozor qiymati 1,2 million yevro etib belgilandi. Shuningdek, terma jamoa tarkibidagi eng yosh o‘yinchilardan biri bo‘lgan, bungacha 350 ming yevroga baholangan 18 yoshli o‘ng qanot himoyachisi Behruz Karimovning ham narxi sezilarli darajada ko‘tarildi va uning transfer qiymati endilikda 1 million yevroga yetdi.

O‘zbekiston terma jamoasining umumiy qiymati esa 86,38 million yevro etib belgilangan. Tarkibdagi eng qimmat futbolchisi Abduqodir Husanov hisoblanadi. 22 yoshli futbolchining qiymati 50 million yevroga teng. Undan keyingi o‘rinlarni 31 yoshli hujumchi Eldor Shomurodov va 22 yoshli o‘ng qanot vingeri Abbosbek Fayzullayev band etgan bo‘lib, har ikki futbolchining transfer qiymati 7 million yevroga baholangan. Kuchli beshlikni mos ravishda 2 million yevrodan narx belgilangan 28 yoshli markaziy yarimhimoyachi Aziz G‘aniyev hamda 25 yoshli chap qanot vingeri Oston O‘runov yakunlab bergan.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 19:23, 22.07.2026.
O'qildi: 4052 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик