«Barselona»ning yangi a’zosi Karim Adeyemi La Ligada kutilmagan taqiqqa duch keldi. Futbolchi kataloniyaliklar safida 27-raqam ostida to‘p surishni istagan edi. Ammo jurnalist Karlos Monfortning xabar berishicha, unga ushbu raqamni olishga ruxsat berilmagan.
Gap shundaki, La Ligada o‘rnatilgan qoidaga ko‘ra, asosiy jamoa futbolchilari faqat 1 dan 25 gacha bo‘lgan raqamlarni tanlashlari mumkin. 25 dan yuqori bo‘lgan raqamlar esa faqat yoshlar jamoasidan jalb etiladigan o‘yinchilar uchun ajratilgan.
Shu sababli, Adeyemi o‘zining sevimli raqamidan voz kechishi va boshqa raqamni tanlashiga to‘g‘ri keladi.













