O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov «Manchester Siti» bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda The Athletic nashriga tayanib, Sports.kz xabar berdi.
22 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida Ruben Diash va Yoshko Gvardiol jarohat olganidan keyin jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi. Husanovning amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha tuzilgan bo‘lsa-da, yaqin kunlarda yangi bitim rasman imzolanishi kutilmoqda.
O‘tgan mavsumda Husanov «Manchester Siti» safida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, jamoaning Angliya kubogi va Angliya liga kubogini qo‘lga kiritishida o‘z hissasini qo‘shdi. Shuningdek, u yozda bo‘lib o‘tgan va O‘zbekiston tarixidagi ilk jahon chempionatida milliy terma jamoa sharafini himoya qildi.
Avvalroq, 22 iyul kuni «Manchester Siti» Fil Foden bilan shartnomani 2030 yilgacha, yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan yangilagan edi. Shuningdek, jamoa vingeri Jeremi Doku ham 2031 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolaydi.













