Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

«Liverpul» – «Barselona». O‘yin finaldek bo‘ladimi? Yoki «Enfild»ni zulmat qoplaydimi?

«Liverpul» – «Barselona». O‘yin finaldek bo‘ladimi? Yoki «Enfild»ni zulmat qoplaydimi?

Baho:
+ | -

Bugun Yevropa chempionlar ligasining ½ final javob uchrashuvi “Liverpul” – “Barselona” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. 

Faktlarga asoslanib qaror chiqaradigan bo‘lsak, bu o‘yinda “mersisaydliklar” “Barselona”ga mag‘lub bo‘lib bo‘lishdi. 

Chunki “Liverpul”ning bir nechta yetakchi futbolchilari muhim o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi. 

Tarkib borasida ham so‘nib bo‘lgan "Liverpul"

Muhammad Saloh – misrlik futbolchi “Nyukasl”ga qarshi o‘yinda boshidan yengil jarohat oldi. U “Vulverxempton”ga qarshi o‘yinda maydonga tushish ehtimoli katta, biroq hayot-mamot jangida o‘ynay olmaydi. 

Roberto Firmino – “Liverpul” uchun yana bir katta yo‘qotish. Braziliyalik futbolchi Saloh kabi jamoasining natijasiga katta ta’sir o‘tkaza oladi. Ammo Firmino ham bu uchrashuvni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lib bo‘lgan. 

Nabi Keyta – bu futbolchini o‘rnini bosa oladigan futbolchilar “Liverpul”da yetarlicha. Lekin Keyta asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi. Aynan shu faktor bugun pand berishi mumkin. 

Adam Lallana – angliyalik futbolchi zahira futbolchisiga aylanib bo‘lgan bo‘lsada, zahiradan maydonga tushib o‘yini kuchaytira oladi. Biroq Klopp ushbu futbolchining yordamidan ham foydalana olmaydi.

Shijoatga qarshi aql 

Bugun Klopp uch nafar asosiy futbolchisiz, tish-tirnog‘i bilan “qurollangan” “Barselona”ga qarshi o‘ynashi lozim. 

Ma’lum manbalarning xabar berishicha, germaniyalik mutaxassis bugungi o‘yinda to‘rt yoki besh nafar hujumchini maydonga tushirishi mumkin ekan. Bu Kloppning qo‘lidan keladi albatta, ammo bu ish berarmikan? 

Qolaversa, ushbu o‘yin “Enfild”da bo‘ladi “Liverpul” o‘z maydonida anchadan beri mag‘lubiyatga uchramayapganini hisobga olsa, “Barselona” uchun ham mazkur bahs oson kechmaydi. 

Ernesto Valverde maydonga asosiy tarkibni tushiradi, o‘yin oldidan mutaxassis rotasiya ishlarini amalga oshirdi. 

Bu degani “Barselona” “Enfild”da tetik va chempionlik kayfiyati bilan o‘yinga tushadi.  “Liverpul” futbolchilari esa mag‘lubiyat ruhi bilan va ikki taraflama (APL va YECHLda) tushkunlik bilan maydonga tushishlari mumkin. 

Chunki ular “qil  ko‘prigi”da turishibdi. Birgina mag‘lubiyat ularni YECHLdan tushirib yuboradi, birgina durang yoki mag‘lubiyat APLda chempionlikdan mahrum qiladi. 

Matbuot anjumanida nima deyildi?

Ernesto Valverde, “Barselona” bosh murabbiyi: 

 

Men o‘tgan o‘yinda Messiga dam berdim. Yetti kun ichida biz, chempionatda uchta o‘yin o‘tkazdik va qo‘shimchasiga “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘ynadik. O‘ylashimcha, men muvozanatni to‘g‘ri ushlab tura oldim. 

Bizning ustunligimiz chempion bo‘lib bo‘lganimiz, lekin joriy mavsumda toliqish muammosi bor. 

“Liverpul” – raqibga bosim o‘tkaza oladigan va yuqori tempda o‘ynay oladigan kuchli jamoa. 

Bunday jamoani mag‘lubiyatga uchratish qiyin. 

Bu mavsum “Liverpul” faqat bir marta mag‘lubiyatga uchradi”, - deydi ispaniyalik mutaxassis. 

Yurgen Klopp, “Liverpul” bosh murabbiyi:

 

Qancha kuchli bo‘lsak, muhit ham o‘zgaradi. Ko‘ramiz, uyimizda qanchalik ustun bo‘la olar ekanmiz. 

Messi mavsum boshida kubokni yutishini ma’lum qilgan edi. Bu men uchun xavfli qo‘ng‘iroqday ko‘rindi. Biz ham finalga chiqishni istaymiz. 

Men ko‘rgan futbolchilar ichida Messi eng yaxshisi. Yana Ronaldu ham bor, ammo men boshqalarga ham to‘xtalib o‘tmoqchiman. Qo‘l ostimda kuchli futbolchilar o‘ynagan. Hatto durang ham eng yomon natija bo‘ladi. Barcha jamoalar “Barselona”ga aniq reja bilan boradi, lekin bu rejasi ish bermaydi”, - deydi germaniyalik mutaxassis. 

O‘yinni kim boshqaradi?

 

Mazkur o‘yinni turkiyalik “shavqatsiz” hakam Jyuneyt Chaqir hakamlar brigadasi boshqaradi. 42 yoshli mutaxassis Yevrokubok doirasida 7 ta o‘yinda ishladi. Oxirgi marta u “Manchester Siti” – “Tottenxem” uchrashuvini boshqardi va bu o‘yinda juda ham ko‘p qiziqarli voqealar ro‘y berdi.

Bugungi o‘yinda jamoalar qanday tarkibda maydonga tushishini taxmin qilamiz.

“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, Van Deyk, Robertson, Milner, Veynaldum, Fabinyo, Xenderson, Mane, Origi. 

“Barselona”: Ter Shtegen, Semedu, Pike, Langle, Alba, Serxi Roberto, Rakitich, Buskets, Vidal; Suares, Messi.

Abror Eshonxonov

Manba: Stadion
Kiritildi: 15:07, 07.05.2019.
O'qildi: 13059 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.