Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

O‘zbekiston OTJ tarkibida Bekxem va Nedved bo‘lgan Misr OTJ qarshi ikkita o‘ynaydi

O‘zbekiston OTJ tarkibida Bekxem va Nedved bo‘lgan Misr OTJ qarshi ikkita o‘ynaydi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi kelasi yilning yanvar oyida Taylandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.     Mazkur Osiyo chempionatida dastlabki uchta o‘rinni egallagan terma jamoalar Tokio-2020 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.   Mana shu musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan Olimpiya terma jamoasi uchun sparring raqiblar topish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Unga ko‘ra joriy yilning iyun oyida Misr olimpiya terma jamoasi mamlakatimizga tashrif buyuradi. 9 iyun kuni Andijonda, 11 iyun kuni esa Namanganda Lyubinko Drulovich shogirdlari Misr OTJga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishadi.   Misr olimpiya terma jamoasining so‘nggi o‘rtoqlik o‘yinlaridagi qaydnomasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, tarkibda Belgiyaning «Gent», Qohiraning «Al-Ahli», Iskandariyaning «Al-Ittihod» kabi kuchli klublar vakillari borligini ko‘rish mumkin.   Darvozabonlar: Umar Saloh («Zamalek»), Umar Radvan («Al-G‘una»), Shahob Xolid («Al-Dahliya»).   Himoyachilar: Mahmud Al-G‘azzor («Al-Ahli»), Usoma Jalol («Makassa»), Mahmud Marey («Vadi Degla»), Marvon Al-Nagar («Al-Ittixad»), Ahmad Abu Fotih («Zamalek»), Karim Eleraki («Al-Masri»), Abdulvahhob Ismoil («Mokavlun»).   Yarim himoyachilar: Ahmad Hamdi, Akram Tovfiq, Nosir Mohir (barchasi «Al-Ahli»), Ahmad Bekxem («Vadi Degla»), Vagix abd Al-Hakim («Ismoiliya»), Ahmad Mustafo («Gent» Belgiya), Muhab Yosir («Nogum»), Ibrohim abd Al-Kavi («Smuxa»), Yusuf Al-Gavhariy («Mokavlun»).   Hujumchilar: Ahmad Rayyan, Karim Volid Nedved (ikkisi – «Al-Ahli»), Tohir Muhammad («Mokavlun»), Nosir Mensi («Payramids»), Sherif Reda («Smuxa»), Abdulla («Al-Jaish»).

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 11:44, 08.05.2019.
O'qildi: 3439 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.