Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

«Andijon»: Saraton kasalligi bilan kurashayotgan Jahongirni qo‘llab-quvvatlaymiz

«Andijon»: Saraton kasalligi bilan kurashayotgan Jahongirni qo‘llab-quvvatlaymiz

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yaqinda O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi tomonidan “Saratondan soyabon bo‘l” nomli xayriya aksiyasi tashkil etilgandi.

“Andijon” futbol klubi ham mazkur xayrli ishda faol ishtirok etishni maqsad qilgan.

Kuni-kecha jamoa a’zolari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filialiga tashrif buyurdi.

Ushbu shifoxonada futbolchilar saraton kasalligi bilan kurashib kelayotgan voyaga yetmagan bolalar bilan uchrashib, ularga estalik sovg‘alarni ulashdi hamda dildan suhbatlashgan xolda, yuqori kayfiyat ulashishga xarakat qildi.

Klub matbuot xizmatining ma’lumot taqdim etishicha, “Saratondan soyabon bo‘l” xayriya aksiyasida ishtirok etishi uchun jamoa tomonidan 2006 yilning 24 iyul kuni Andijon viloyati, Marhamat tumanida tavallud topgan Abdusalomov Jahongir Ikromjon o‘g‘li tanlab olindi. Jahongirning xayriya aksiyasida ishtirok etishi uchun, uning ommaviy axborot vositalarida keng tarzda targ‘ib etilishiga onasi Mahfuzaxon Dadajonova qarshi emasligini ta’kidladi. Voyaga yetmagan J.Abdusalomovga moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida shu kunlarda uning otasi Ikromjon Dadajonovning nomiga plastik kartochkasi ochilmoqda. Bu borada keyinroq yana batafsil ma’lumot beramiz. 

Nasib etsa 16 may kuni Coca Cola Superligasining 9-turidan o‘rin olgan “Andijon” – “Paxtakor” o‘yiniga Jahongir ham tashrif buyuradi va o‘yin avvalida jamoaviy rasmga tushish, uchrashuvni ramziy ma’noda boshlab berish va o‘yindan keyingi matbuot anjumanida bevosita ishtirok etish kabi tadbirlarda qatnashadi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 16:02, 09.05.2019.
O'qildi: 2469 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.