Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/01 22:30 Kristal Pelas 1-1 Fulhem
01/01 22:30 Liverpul 0-0 Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari - Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano - Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal

Bokschilar Chimkentdagi musobaqada ikkinchi o‘rinni olishdi

Bokschilar Chimkentdagi musobaqada ikkinchi o‘rinni olishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Qozog‘istonning Chimkent shahrida boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari sovrindori, Qozog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustasi Muxtarxan Dildabekov sovrini uchun musobaqa nihoyasiga yetdi.

2001-2002 yilda tavallud topgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqada o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham ishtirok etishdi.

Bugun final janglari o‘tkazildi va unda uch nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi. Final dasturidan o‘rin olgan janglarda -64 kg vazn toifasidagi bokschimiz Javlonbek Yuldashev qozog‘istonlik Darzan Duysebayni (3:0) mag‘lub etdi. -60 kg vaznli Rahmatullo Toshpo‘latov mezbon bokschi Aytjan Ashirxanga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi. -75 kg vazn toifasidagi Komiljon Yusupov esa boshqa bir qozog‘istonlik bokschi Yerasil Jakpekovga imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa, murabbiylar Hamid Tangribergenov, Sirojiddin Naimov, Botirjon Mahmudov va Hamza Avezov boshchiligida musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi Chimkentdagi musobaqada 1 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi va umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu borada mezbonlar Qozog‘iston terma jamoasi birinchi bo‘ldi.

Terma jamoamiz safida sovrindor bo‘lgan sportchilar:

Oltin:

-64 kg: Javlonbek Yo‘ldoshev


Kumush:

60 kg: Raxmatullo Toshpo‘latov

-75 kg: Komiljon Yusupov

Bronza:

49 kg: Avazjon Yo‘ldoshev

52 kg: Mirzabek Mirzahalilov

81 kg: Shohjahon Abdullayev

91 kg: Muhammadqodir Ne’matov

+91 kg: Shoxrux Almatov

Manba: Boks
Kiritildi: 19:39, 09.05.2019.
O'qildi: 2686 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.