Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Serbiyalik mutaxassis Voya Miloslavlevich Andijon viloyati bolalar-o‘smirlar akademiyasiga tashrif buyurdi

Serbiyalik mutaxassis Voya Miloslavlevich Andijon viloyati bolalar-o‘smirlar akademiyasiga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi anjumanlar zalida serbiyalik mutaxassis, professor Voya Miloslavlevich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgani, mazkur uchrashuvda O‘FA Birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi O‘FA va PFL rahbarlari va xodimlari ishtirok etishgani haqida xabar berib o‘tgandik.

Yig‘ilish davomida serbiyalik mutaxassis futbolni rivojlantirishning asosiy tamoyillari va bu borada e’tibor qaratish lozim bo‘lgan asosiy jihatlar mavzusida ma’ruza qilgan. Voya Miloslavlevich hafta davomida hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari bilan yaqindan tanishib, bolalar futbolini rivojlantirish bo‘yicha ham o‘z maslahatlarini berib o‘tishi rejalashtirilgandi.

Mazkur rejaga asosan serbiyalik mutaxassis Andijon viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasiga tashrif buyurib, akademiya bilan yaqindan tanishishdi. Undan so‘ng Andijon shahridagi bolalar va o‘smirlar futbol maktabi hamda "Sog‘lom Avlod" o‘yingohini ko‘zdan kechirildi. 

Voya Miloslavlevich Andijon viloyati bolalar-o‘smirlar akademiyasi murabbiylari bilan uchrashuv davomida bolalar futbolini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirish zarur bo‘lgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritdi va o‘z maslahatlarini berib o‘tdi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 09:59, 13.05.2019.
O'qildi: 2150 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.