O‘zbekiston Superligasi 8-tur o‘yinlari yakuniga yetdi. Har doimgidek tur lauretlarini e’lon qilishda davom etamiz.
Stadion.uz talqiniga ko‘ra, Superliga 8-turining eng yaxshi darvozaboni deb "Metallurg" posboni Aleksandr Lobaonv topildi.
Lobanov “Lokomotiv”ga qarshi bahsda bir necha vaziyatlarda jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Qolaversa, u o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Shuningdek Lobanov mazkur turning ramziy terma jamoasidan ham o‘rin oldi. Tur ramziy terma jamoasini keyinroq e’tiboringizga taqdim etamiz.