Bilasiz, O‘zbekiston Professional futbol ligasining 2019 yilgi musobaqalarni o‘tkazish reglamentiga muvofiq Superliga hamda Pro-liga jamoalarining har biri U-18 jamoasiga ega bo‘lishi lozim.
Biroq “Iftixor”, “Ittifoq-Buxoro”, “Zarangari”, “Yashnobod” va “Zirabuloq” klublari U-18 jamoasini belgilangan muddatda ro‘yxatdan o‘tkazmadi.
Shu sababdan O‘zbekiston Professional futbol ligasining 2019 yilgi musobaqalarni o‘tkazish reglamenti 6.44 bandi talablarini bajarmagani uchun “Iftixor”, “Ittifoq-Buxoro”, “Zarangari”, “Yashnobod” va “Zirabuloq” futbol klublariga nisbatan Reglamentning 4.14 bandiga hamda Intizom kodeksining 5.34 bandiga asosan 50 million so‘m miqdorida jarima intizom chorasi qo‘llanildi.