Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Setora va Sevilning navbatdagi muvaffaqiyatlari

Setora va Sevilning navbatdagi muvaffaqiyatlari

Baho:
+ | -
Tojikistonning Dushanbe shahrida Xalqaro tennis federasiyasi tomonidan o‘tkazilgan turnirda sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.   Musobaqaning yakkalik bahslarida barcha raqiblarini yenggan Sevil Yo‘ldosheva hamda Setora Normurodova so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida o‘zaro raqobatlashdi. Murosasiz o‘tgan o‘yinda Setora 6:1, 7:6 hisobida zafar quchdi.   Juftliklar o‘rtasida esa S.Yo‘ldosheva hamda S.Normurodova tandemi qozog‘istonlik Adel Malgonusova hamda rossiyalik Darya Mixaylovani 7:6, 2:6, 10:7 hisobida yengib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.   Afsuski, o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tgan yakkalik bahslari finalida umidli tennischimiz Aziz Dadaboyev polshalik Yan Vaydemayerga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va ikkinchi o‘rindan joy oldi.   Juftliklar o‘rtasida Samandar Abdumalikov va Maksim Shin mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi. Biroq ular so‘nggi hal qiluvchi final o‘yinida omadsizlikka uchrab, turnir visechempioniga aylandi.
Manba: UZA
Kiritildi: 09:33, 14.05.2019.
O'qildi: 1717 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.