Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Tojiboyev va Zokirovlar 18 mayda navbatdagi janglarini o‘tkazishadi

Tojiboyev va Zokirovlar 18 mayda navbatdagi janglarini o‘tkazishadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Rio Olimpiadasi ishtirokchisi, hozirda professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Xurshid Tojiboyev navbatdagi jangini qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. 

Unga ko‘ra, hamyurtimiz 18 may kuni Daniyaning Orxus shahrida tashkil etiladigan jang oqshomida ringga chiqadi. O‘sha kuni bokschimizga gruziyalik Irakli Shariashvili raqiblik qiladi. 

Ma’lumot uchun, Tojiboyev prof ringdagi ilk jangini shu yilning 23 mart kuni Polshada mezbon bokschi Kristof Rogovskiga qarshi o‘tkazib, uchinchi raundda nokaut evaziga g‘alaba qozongandi. 

Irakli Shariashvili esa shu kungacha prof boksda 8 marotaba ringga ko‘tarilib, ularning 5 tasida g‘alaba qozongan. 2 marotaba mag‘lub bo‘lgan (1 ta nokaut). 

Yana 1 marta esa durangga erishgan.  Aytgancha, 18 may kuni Daniyada tashkil etiladigan jang oqshomida shuningdek boshqa bir bokschimiz, Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Shahobiddin Zoirov ham ringga ko‘tariladi.

Zoirov 18 may kuni Daniyaning Orxus shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi. 

O‘sha kuni hamyurtimizga gruziyalik Mishiko Shubitidze raqiblik qiladi. Ma’lumot uchun, Shubitidze shu kungacha prof boksda 28 marotaba jang o‘tkazgan va ularning 12 tasida g‘alaba qozongan (5 ta nokaut). 

13 marotaba mag‘lubiyatga uchragan (11 ta nokaut). 3 marotaba durang qayd etgan. Shahobiddin esa shu yilning 5 aprel kuni BAAda prof ringdagi debyutini nishonlagan va unda indoneziyalik Antoni Xoltni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi. 

Manba: Intersport
Kiritildi: 14:25, 14.05.2019.
O'qildi: 2815 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.