Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

G‘olib tennischi 7200 dollar oladi

G‘olib tennischi 7200 dollar oladi

Baho:
+ | -
Samarqand shahridagi “Dinamo” tennis kortlarida xalqaro tennischilar uyushmasi taqvimidan o‘rin olgan "Chellenjer" musobaqasi boshlandi.   — O‘n besh yildan buyon Samarqandda tennis bo‘yicha "Chellenjer" turniri yuqori saviyada o‘tkazib kelinadi, — deydi musobaqa supervayzeri Andrey Karnilov. — O‘tgan davr mobaynida mutasaddilarning musobaqaga bo‘lgan yuksak e’tibori natijasida har yilgi bahslar qiziqarli o‘tib, ishtirokchilar soni ortib bormoqda. Joriy yilgi bahslarda 24 davlatdan 53 nafar mahoratli tennischi ishtirok etmoqda. Albatta, sport musobaqalari muxlislar olqishi, qo‘llab-quvvatlashi bilan yanada qiziqarli o‘tadi.    photo5393477105930578584.jpg   Samarqandda muxlislarning madadi tennischilarga kuch bag‘ishlamoqda. O‘ylaymanki, bu yilgi musobaqa shiddatli va qiziqarli bahslarga boy bo‘ladi.   Ta’kidlash joizki, musobaqada mamlakatimiz tennischilaridan 8 nafari ishtirok etayotgan edi. Asosan yosh tennischilardan iborat vakillarimiz yakkalik bahslarining saralash va birinchi bosqich o‘yinlaridayoq ishtiroklarini to‘xtatdi. Musobaqaning juftlik bahslarida hamyurtlarimiz kurashni davom ettirmoqda.   Sovrin jamg‘armasi 54 160 AQSH dollaridan iborat xalqaro musobaqa g‘oliblari 19 may sanasida aniqlanadi. Bunda yakkalik bahslarining finalida g‘olib bo‘lgan tennischi 7200 AQSH dollarini qo‘lga kiritadi. Juftlik bahslarida g‘alabaga erishgan sportchilar 3100 AQSH dollarini o‘zaro taqsimlab olishadi.
Manba: UZA
Kiritildi: 17:36, 14.05.2019.
O'qildi: 1942 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.