Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Birodar Abduraimov haqidagi kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Birodar Abduraimov haqidagi kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun 76 yoshini nishonlayotgan "Paxtakor" afsonasi haqida kitob chop etildi.

Futbol haqida 30dan ortiq kitoblar muallifi Vladimir Safarov va Sergey Danilov tomonidan birgalikda yozilgan "O‘zbek futboli afsonasi" kitobi Birodar Abduraimov 76 yoshini qarshi olayotgan kunda kitobxonlar e’tiboriga taqdim etildi. Unda futbolimiz afsonasining futbolga kirib kelishi, hayoti, o‘yinchilik va murabbiylik faoliyati, u haqida turli insonlarning fikrlari o‘rin olgan.

Birodar Abduraimovning o‘zi ushbu taqdimotda quyidagi fikrlarni bildirdi:
- Yoshligimda kurash bo‘yicha mamlakat chempioni bo‘lganman va keyinchalik oldimda futbol yoki kurashdan birini tanlash masalasi turardi. Men futbolni tanlashga qaror qildim. Eski shaharda yashaganman, oilamizda yetishmovchilik bo‘lardi. Agar kun bo‘yi futbol o‘ynamagan taqdirimda bezori bo‘lib ketishim hech gap emasdi. Futbolni tanlaganim, mehnat qilganim tufayli mamlakat terma jamoalari safida o‘ynash nasib qildi. Yaqindagina bir ishqiboz men uch gol urgan uchrashuvdan keyin chop etilgan gazetani saqlashini aytganda juda xursand bo‘lib ketdim. Meni futbol sababli hamon eslaydiganlar ko‘p, demak bekorga yashamabman. Futbolni tanlaganimdan baxtiyorman. Barchani ko‘rib turganimdan xursandman va bu yerga kelganingiz uchun katta rahmat.

Taqdimot yakunida muallif va futbolimiz afsonasi yig‘ilganlarga kitobni dastxatlari bilan taqdim etishdi.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 17:46, 14.05.2019.
O'qildi: 2873 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.