Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Dinamo» Buxorodagi 7 yillik mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettira oladimi?

«Dinamo» Buxorodagi 7 yillik mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettira oladimi?

Baho:
+ | -

Superliga 9-turi doirasidagi e’tiborli to‘qnashuvlardan biri ikki ko‘hna shaharlar Buxoro va Samarqandning bosh jamoalari o‘rtasida kechadi. Har ikki jamoa ham turning so‘nggi o‘yinida g‘alaba qozonishni maqsad qilgani aniq.

ANONS
Soca-Cola Superliga. 9-tur.
19 may (yakshanba)
«BUXORO» - «DINAMO»
Stadion: Buxoro sport majmuasi.
O‘yin boshlanish vaqti: 20:00

JORIY MAVSUMDA…
“Buxoro” mavsumni kutilgan darajada boshlay olmadi. Baxtiyor Ashurmatov boshchiligida 8 tur to‘p surgan buxoroliklar faqat 4-turda safarda “Qo‘qon-1912” ustidan g‘alaba qozona olishdi, xolos. Qolgan 7 o‘yinning 3 tasida durang, 4 tasida esa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishdi. Natijada turnir jadvalida so‘nggi ikki o‘rindan biriga tushib qolgan “Buxoro”da o‘zgarish qilinishi kerak deb hisoblagan Baxtiyor Ashurmatov o‘z arizasiga binoan, 8-turdagi “Surxon”ga qarshi mag‘lubiyatli o‘yindan keyin iste’foga chiqdi. “Buxoro” ayni damda 6 ochko bilan 13-o‘rinni band etgan.

“Dinamo” esa mavsumda yaxshi start oldi. 8-turdagi AGMK ustidan g‘alabadan keyin Davron Fayziyev shogirdlari 12 ochko bilan 5-o‘rindan joy olishgan.

«Buxoro»ning o‘tkazgan o‘yinlari:
1-tur. AGMK – “Buxoro” – 0:0
2-tur. “Metallurg” – “Buxoro” – 2:0
3-tur. “Buxoro” – “Qizilqum” – 1:1
4-tur. “Qo‘qon-1912” – “Buxoro” – 1:3
5-tur. “Buxoro” – “Lokomotiv” – 0:2
6-tur. “Buxoro” – “Bunyodkor” – 2:2
7-tur. “Buxoro” – “Nasaf” – 0:1
8-tur. “Surxon” – “Buxoro” – 1:0

“Dinamo”ning o‘tkazgan o‘yinlari:
1-tur. “Dinamo” – “Nasaf” – 1:1
2-tur. “Surxon” – “Dinamo” – 1:0
3-tur. “Dinamo” – “Metallurg” – 2:1
4-tur. “Dinamo” – “So‘g‘diyona” – 1:0
5-tur. “Paxtakor” – “Dinamo” – 2:0
6-tur. “Dinamo” – “Navbahor” – 2:2
7-tur. “Andijon” – “Dinamo” – 2:2
8-tur. “Dinamo” – AGMK – 1:0

O‘ZARO O‘YINLAR: AN’ANA DAVOM ETADIMI?
O‘zbekiston milliy chempionati start berilgan 1992 yildan buyon «Dinamo» va «Buxoro» klublari Oliy Ligada shu kungacha 44 bor kuch sinashishgan. Shundan 20 ta bahsda “Buxoro”, 16 uchrashuvda esa “Dinamo”ning qo‘li baland kelgan. 8 ta o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbatida ustunlik “Buxoro” tomonida: 58:56. “Buxoro” o‘zaro o‘yinlarda 68 ochkoga ega bo‘lgan, “Dinamo” esa 56 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Dinamo”ning “Buxoro” ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi 4:1ga teng bo‘lsa, “Buxoro”ning tarixda “Dinamo” ustidan erishgan eng yirik g‘alabasi – 6:0.

“Buxoro” - “Dinamo” o‘rtasidagi so‘nggi 10 uchrashuv:
16.09.2017 «Buxoro» - «Dinamo» 0:0
15.04.2017 «Dinamo» - «Buxoro» 3:1
08.08.2015 «Dinamo» - «Buxoro» 2:0
20.03.2015 «Buxoro» - «Dinamo» 1:1
02.11.2014 «Dinamo» - «Buxoro» 0:0
14.06.2014 «Buxoro» - «Dinamo» 1:1
21.09.2013 «Buxoro» - «Dinamo» 0:2
11.05.2013 «Dinamo» - «Buxoro» 1:0
17.08.2012 «Buxoro» - «Dinamo» 2:0
20.06.2012 «Dinamo» - «Buxoro» 0:1

ESKI TANISHLAR…

Har ikki jamoa tarkibida ham aksariyat futbolchilar borki, ular uchun ushbu bahs sobiq klublariga qarshi o‘yin sanaladi.

Jumladan, “Buxoro”ning bugungi yetakchilari sanalmish Ivan Nagayev va Doston Ibragimovlar oldingi yillarda “Dinamo” safida to‘p surishgan. Xususan, “Buxoro”ning bugungi kundagi to‘purari bo‘lib turgan Doston Ibragimov 2016 yilgi mavsumda aynan “Dinamo” safida debyut o‘yinlarini o‘tkazgan va yoshlar terma jamoasidan chaqiruv olgandi. Ivan Nagayev esa 2012-13 yilgi mavsumlarda “Dinamo” sharafini munosib himoya qilib, samarqandlik muxlislar yoqimtoyiga aylangandi.

Hozirda “Dinamo” tarkibida bo‘lgan Vohid Shodiyev va Otabek Narzullayevlar esa oldingi yillarda “Buxoro” safida munosib to‘p surishgandi.


«Dinamo» klubi matbuot xizmati.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 12:07, 18.05.2019.
O'qildi: 2351 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.