Jamoamiz "Jar" stadionida safarga jo‘nab ketish oldidan mashg‘ulot o‘tkazdi.
Unda ayni paytda murabbiylar ixtiyorida bo‘lgan barcha futbolchi ishtirok etdi. Soat 15:30da Jiddaga jo‘nab ketadigan "Sherlar" u yerga yetib borilgach, mehmonxonaga joylashadi va dam oladi. Ertaga esa o‘yindan oldingi tadbirlar tashkil etiladi.