Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

«Yuventus»ni kim boshqaradi?

«Yuventus»ni kim boshqaradi?

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor «Yuve» ustozi mavsum so‘ngida klubdan ketishi haqida e’lon qildi. «Yuventus» rahabarlari hozirda klubni o‘z qo‘liga oladigan kuchli mutaxassisni izlashmoqda. Ayrim manba’alarga qaraganda, klub bir nechta variyantlarni ko‘rib chiqmoqda. Bugun «Yuventus»ni boshqarishi mumkin bo‘lgan murabbiylar haqida qisqacha!

Joze Mourinyo

Portugaliyalik mutaxassis o‘zining janjalkashligi bilan so‘ngi yillarda shuxratiga biroz soya solib qo‘ydi. Shunga qaramasdan, «Yuventus» YECHLni yutish borasida tajribaga ega murabbiyni ishga taklif qilishi mumkin. Klub bu haqida rasmiy bayonot bermagan bo‘lsada, murabbiy o‘z intervyularida «A ceriyada» jon deb ishlamoqchi ekanligini yashirib o‘tirmayapti.  Xatto Jozening klubga kelishi mumkinligi haqida Ronaldu ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi. Portugaliyalik murabbiyning uslubi zerikarli bo‘lsada, natija olib kelishi mumkin. «A seriyada» «Yuve»ga raqobatchi yo‘q ekanligini hisobga olsak, Joze to‘liq e’tiborni YECHL  ga qaratish orqali uzoq kutilgan YCHL sovrinini qo‘lga kiritishi mumkin.

Didye Desham

Fransiya terma jamoasini JCH g‘olibi qilishni uddasidan chiqqan murabbiy uchun bu klub begona emas. Desham o‘zining eng gullagan davrlarini «Keksa Siniora»da o‘tkazgan va ko‘plab sovrinlarga ega chiqqanidan xabaringiz bor. Desham, doim kuchli mutaxassis bo‘lgan, biroq finallardagi omadsizliklar uning murabbiy sifatida tanilishini ortga surib tashladi. Deshamning uslubi «Yuventus»ga g‘alaba keltirishi mumkin. Sababi, mundialda Fransiya terma jamoasi deyarli yuz foiz progmatik futbol namoyish etdi va chempionlikni qo‘lga kiritdi. Uning murabbiylik tajribasi va mahorati «Yuventus»ni boshqarish uchun to‘liq yetadi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Filippo Inzagi

Klubning tavakkal variyanti sifatida Inzagi nomzodi ham ko‘rib chiqilmoqda. Uning «A seriya»klublari bilan erishgan natijalari o‘z yoshiga nisbatan anchagina yaxshi va unda o‘sish kuzatilmoqda. Darhaqiqat, Felippo o‘z ustida ishalashda davom etsa, hademay top darajadagi murabbiyga aylanishiga hech kimda shubha yo‘q, biroq hozirda «Yuve» uchun  natija hammasidan muhim planga chiqqan. Klub qanday yo‘l tutgan taqdirda ham Inzagi nomzodi ustida bosh qotirib ko‘rishi aniq.

Pochetino

Argentinalik murabbiyni so‘ngi yillarda bir nechta top klublar o‘z safida ko‘rishni istamoqda. Darhaqiqat, Pochetino ilojsiz ishlarni amalga oshirmoqda va kichik byudjet bilan ham top klub yaratishning imkoni bor ekanligini butun dunyoga isbotlab kelmoqda. Ishonchli manba’alarning habar berishicha, «Yuventus» murabbiy uchun yiliga 20 million yevro berishga ham tayyor ekan. Bu «Tottenhem»dagi maoshidan anchagina ko‘p degani. Boz ustiga, uzoq yillik kariyerasi davomida birorta kubokni qo‘lga kiritmagan Pochetino uchun «Yuventus» anchagina qulay variyant. Italiya nashrlarining habar berishicha, klub futbolchilari ham aynan shu variyantning amalga oshishini istashmoqda. Ko‘ramiz voqealar rivoji qanday yakun topar ekan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:02, 18.05.2019.
O'qildi: 9499 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.