Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Ular bizni tark etmoqda

Ular bizni tark etmoqda

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bu mavsumda bir nechta dunyo yulduzlari futbol olamini takr etadi. Bugun aynan o‘sha futbolchilar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Piter Chex

O‘z faoliyatini APL da o‘tkazgan darvozabon 20 dan oshiq kuboklarni boshi uzra ko‘tarishga ulgurdi va ko‘plab muxlislar orttirdi. 2006 - yildagi daxshatli jarohatidan so‘ng, yana futbol olamiga qaytgan tom ma’nodagi qahramonimiz hozirda «Arsenal» klubi sharafini himoya qilmoqda. Futbolchi uchun bu mavsum so‘nggisi bo‘ladi va u futbol olamini tark etadi. Chex kelajakda murabbiylik kurslarida o‘qish niyati yo‘q ekanligini va ko‘proq oilasi davrasida bo‘lishni xohlamoqda. Biz uning keljakdagi ishlariga rivoj tilab qolamiz.

Xavi

«Barselona» klubida 16 mavsum to‘p surgan Xavi uchun ham bu mavsum so‘nggisi bo‘lib qoladigan bo‘ldi. Futbolchi Qatardagi 4 yillik faoliyati davomida yaxshigina pul ishlab oldi va hozirda murabbiylik sari dadil qadam qo‘yish arafasida turibdi. Uning mahoratidan yaqinda «Paxtakor» klubi ham biroz ozor chekgani ko‘pchilikning yodidan chiqmagan bo‘lsa kerak. O‘zining aqlli harakatlari bilan qolganlardan ajralib turadigan futbolchi futbol olamini tark etmoqda. Uning qo‘lga kiritgan sovrinlari haqida butun boshli kitob yozsa bo‘ladi. Uning kelajakdagi rejalari ko‘plab futbol muxlislarini qiziqtirmoqda.

Karlos Tevez

35 yoshlik janjalkash argentinalik futbolchining «Boka Xuniyors» bilan tuzgan shartnomasi bu mavsum o‘z yakuniga yetadi. Futbolchi bu uning so‘ngi mavsumi ekanligini e’lon qildi va klub bilan shartnomani uzaytirishni istamadi. Tevez o‘z vaqtida Angliya, Italiya, Argentina, Braziliya chempionatlarida g‘olib chiqqan kam sonli futbolchilardan biri hisoblanadi. Uning o‘z vaqtida yiliga 40 million yevro oluvchi dunyoning eng boy futbolchisiga aylangani ham uning kariyerasidagi eng yuqori cho‘qqilardan biri bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Andrea Barzagli

2006 - yilda Italiya terma jamoasi bilan mundialda g‘olib chiqqan qahramonimiz «Palermo» klubidan o‘sha yilning o‘zida «Volsburg»ga o‘tadi va Germaniya chempionligini qo‘lga kiritadi. So‘ng vataniga qaytgach, «Yuventus» safida bir necha bor «Skudetto»ni qo‘lga kiritadi. Hozirda 38 yoshni qoralagan qahramonimizni bu mavsumda jarohatlar juda qiynab qo‘ydi va futbolchi hammasiga mavsum so‘ngida nuqta qo‘yishga qaror qildi. Uning bu qaroridan so‘ng «Yuve» rahbarlari klubda qolib ishlash taklifini berishgan bo‘lsada, Barzaglining o‘zi hozircha futboldan biroz dam olmoqchi. Uning aytishicha, kelajakda futbol sharxlovchisi bo‘lib ishlash orzusi bor ekan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:25, 18.05.2019.
O'qildi: 6525 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.