Bugun Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondo bo‘yicha jahon chempionatining so‘nggi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu kun dasturidan o‘rin olgan bellashuvlarda 3 nafar hamyurtimiz ishtirok etishi belgilab qo‘yilgan. Ular orasida Dmitriy Shokin, Maksim Rafalovich kabi nomdor vakillarimizning nomini uchratishimiz mumkin. Taekvondochilarimiz birinchi jangini quyidagi raqiblariga qarshi o‘tkazishadi:
-87 kg: Maksim Rafalovich – Xadim Nablet (Trinidad va Tobago)
+87 kg: Dmitriy Shokin – Atanasios Nikolaidis (Gresiya)
-62 kg: Feruza Sodiqova – Natali Xamaidi – (Iordaniya)