Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Umid Ahmadjonov tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi

Umid Ahmadjonov tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasida hududiy futbol assosiasiyalari vise-prezidentlari va futbol akademiyalari direktorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

  Yig‘ilishni O‘FA Birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov olib bordi.  Yig‘ilishda hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi. 

Birinchi navbatda futbol akademiyalarining infratuzilmasini yaxshilash, sifatli maydonlar barpo qilish, akademiya tarbiyalanuvchilariga barcha shart-sharoitlarni muhayyo qilish masalalari muhokama qilindi.  

Umid Ahmadjonov mamlakatda futbolni rivojlantirishda akademiyalarning ahamiyati yuqori ekanini ta’kidlar ekan, akademiyalarning asosini mustahkam qilib shakllantirilish asosiy vazifalardan biri ekanini aytib o‘tdi.   

Bu borada futboli rivojlangan xorij akademiyalari tajribasidan faol ravishda foydalanish zarurligi ham ta’kidlandi.

Jumladan, Qatar milliy terma jamoasining so‘nggi Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatida bu mamlakatda faoliyat yuritayotgan "Aspire" akademiyasi, u yerda ishlayotgan xorijiy mutaxassislarning o‘rni katta ekani qayd etib o‘tildi.

Shundan kelib chiqib, yurtimizdagi hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari direktorlari va murabbiylarini malaka oshirish va tajriba o‘rganish uchun futboli rivojlangan Ispaniya, Italiya, Gollandiya kabi mamlakatla akademiyalariga safarga yuborish bo‘yicha ham topshiriqlar berildi. 

Shuningdek, hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, yuqori saviyali murabbiylarni bu yerga jalb qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 12:55, 20.05.2019.
O'qildi: 5353 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.