Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

Gvardiola – XXI asrda tengsiz

Gvardiola – XXI asrda tengsiz

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Kuni kecha Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi «Manchester Siti» «Uotford»ni yirik hisobda mag‘lub etib, Angliya kubogini qo‘lga kiritdi. Bu Pepning murabbiylik faoliyatidagi 27-sovrin bo‘ladi. Ayni payt u bu borada uchinchi o‘rinda bormoqda. O‘tgan hafta 26ta sovrin to‘plagan Jok Steyn bilan uchinchi o‘rinni bo‘lishib turgandi. Ushbu mutaxassis 1967 yili «Seltik» bosh murabbiyi sifatida Chempionlar Kubogida zafar quchib, mazkur sovrinni qo‘lga kiritgan birinchi britaniyalik murabbiyga aylangandi. Shotlandiyalik Steyn 1985 yili olamdan o‘tgan. Shuningdek, 28ta sovrin bilan ikkinchi o‘rinda borayotgan Valeriy Lobanovskiy ham oramizda yo‘q. Eng ko‘p sovrin yutgan murabbiy esa ser Aleks Fergyuson hisoblanadi - 49ta.

Hozirgi reytingga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Gvardiolaga Joze Mourinyo raqobat qilishi mumkin. Chunki portugaliyalik mutaxassis hisobida 25ta sovrin bor. Umuman olganda, Mourinyo ana shu 25ta sov­rinni qo‘lga kiritish uchun 19 mavsum va 909ta uchrashuv o‘tkazgan. Pep esa 10 yilu 582ta o‘yinda 27ta sov­rin yutdi. Demak, u o‘rtacha 21,5ta uchrashuvda bitta sovringa ega bo‘lgan. Agar shu ketishda davom etsa, Pep keyingi o‘n yillikda Fergyusonni ham ortda qoldirishi hech gap emas. Balki o‘shanda Gvardiola o‘zining tanqidchilarini jim qilar?!

Umuman olganda, Pepda Chempionlar Ligasida zafar quchish borasida muammolar bor. Gvardiola jamoa­sida Leo Messi yo‘qligidan buyon YECHLda g‘olib chiqa olmaydi. Aniqrog‘i, «Barselona»dan ketganidan beri. «Bavariya»da Pep Yupp Xayn­kesning natijasini takrorlay olmadi. Ushbu mutaxassis nafaqaga chiqish oldidan «oltin xet-trik» qayd etgandi. Gvardiola qo‘l ostida jamoa Germaniyadagi barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan bo‘lsada, YECHLda omadi yurishmadi. Manchesterda esa YECHL yarim finalida o‘ynab, Manuel Pellegrinining natijasini takrorladi. Farqi - Pellegrini jamoasi hozirgidek nomdor futbolchilarga ega emasdi.

Gvardiola «Barsa»ni boshqargan paytida jamoada nafaqat Messi bo‘lgan, balki Xavi va Inyestalar ham kuchiga to‘lgan payt edi. Pep Angliyadagi birinchi mavsumida uchinchi o‘rinni egallagandi. Keyingi yilda esa APLda 100 ochko to‘plab, ajoyib natija qayd etdi. Bu yil ham ochkolari sonini deyarli 100taga yetkazib qo‘ydi. Bir so‘z bilan aytganda, Pepning jamoalarida hamisha o‘sish kuzatilgan. Shuning o‘zi ham uning XXI asrning eng yaxshi murabbiylaridan biri ekanligini isbotlab turibdi.

Qaysidir tomondan raqamlar unchalik katta ahamiyat kasb etmasligi mumkin. Misol uchun, Yoaxim Lyovni olaylik. U faoliyati davomida atigi to‘rtta sovrinni qo‘lga kiritgan. Avstriya chempionligi, Germaniya kubogi, Konfederasiyalar kubogi va jahon chempionligi. Otto Rexagel Gresiya bilan Yevropa chempioni bo‘lgan. Shuningdek, Joze Mourinyo o‘z xarakteri va so‘nggi yillardagi natijalari bilan «Benazir» bo‘lib qolaveradi. «Chelsi»ga qaytganidan so‘ng u Angliya chempioni bo‘ldi va Liga kubogida zafar quchdi. Garchi «Manchester Yunayted»dagi faoliyatini muvaffaqiyatsiz deyilsada, uchta sovrinni o‘ziniki qilishga ulgurdi: Yevropa Ligasi, Liga kubogi va Angliya Superkubogi.

So‘nggi yillarda Mourinyo va Gvardiolani ko‘p solishtirildi. Pepning hamisha top-sharoitlarda ishlashi tilga olinadi. Portugaliyalik mutaxassis esa ancha kamtarona sharoitlarda ham natija bergani aytiladi. Ikkita yevrokubokda zafar quchgan «Portu»da boshlab, YECHL finalida favorit hisoblangan «Bavariya»ni dog‘da qoldirgan «Inter»da yakunlaymiz. Bu g‘alaba qo‘lga kiritilganiga to‘qqiz yil bo‘lgani portugaliyalik murabbiyning mahoratiga soya solmaydi. Xullas, bu asrda Jozega faqatgina Gvardiola raqobat qildi. Ular ikkisi ham futbol tarixidan zarhal harflar bilan joy olishdi, desak mubolag‘a bo‘lmas.

Karlo Anchelottining sovrinlari Gvardiolanikidan ikki baravar kam bo‘lsada, ba’zi jihatlari bilan Pepni ortda qoldirgan. Birinchidan, ikkita klub bilan uch marta Chempionlar Ligasida zafar quchgan. Ikkinchidan, ayni payt «Napoli»ni boshqarayotgan 59 yoshli Don Karlo Italiya, Angliya, Germaniya va Fransiya chempionatlarida zafar quchgan yagona murabbiydir. Anchelotti «Katta dubulg‘a»ni qo‘lga kiritishi uchun faqat Ispaniya chempionligi kam, xolos. Lekin shunga qaramay, «Real» bilan YECHLda g‘olib bo‘ldi.

Arsen Vengerni-chi, unutib bo‘ladimi? To‘g‘ri, u «Arsenal»dagi 22 yillik faoliyatida ko‘plab sovrinlarni yutmagandir. Lekin Angliya futbolini o‘zgartirgani bilan yodda qoldi.

Futboldagi mashhur tezislardan biri terma jamoa va klub murabbiylarining o‘rtasidagi farqdir. Ayrimlarning aytishicha, klub va terma jamoa murabbiyligi ikki xil kasb ekan. Ammo bu tezislar noto‘g‘ri ekanligini isbotlagan murabbiylar talaygina. Jumladan, Visente Del Boske. «Real»ga 36 yillik umirini baxshida qilgan Del Boske mavsum o‘rtasida jamoani qabul qilib olib, Chempionlar Ligasida zafar quchgan. Keyinchalik Ispaniya termasi bilan jahon va Yevropa chempionligini qo‘lga kiritdi. Bugungi kunda Don Visentedan tashqari hech qaysi murabbiy birdaniga YECHL, Yevropa va jahon kubogiga ega emas.

E’tiborli tomoni, Del Boskening shogirdlaridan bo‘lgan Zayniddin Zidan ham «Real»ni mavsum o‘rtasida qabul qilib olib, Chempionlar Ligasida bosh sovringa ega chiqdi. Umuman olganda, Zidan bu turnirda qatorasiga uch marta zafar quchib, o‘ziga xos natijani qayd etdi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 08:55, 23.05.2019.
O'qildi: 3703 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.