Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

«Barselona» futbolchilarining maoshi qancha?

«Barselona» futbolchilarining maoshi qancha?

Baho:
+ | -

«Barselona» klubi yevropada futbolchilari uchun qolgan klublardan bir necha bor ko‘proq mablag‘ sarflashi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Bugun «Barselona» yulduz futbolchilarining maoshlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz

Mark Andre Ter Stegen

«Barselona» o‘zining uzoq yillik darvozaboni Viktor Valdez klubni tark etgach, germaniyalik yosh posbonni klubga olib keldi va u o‘ziga bildirilgan ishonchni to‘liq oqladi! Mana bir necha yillardan beri o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan jamoa g‘alabasiga hissa qo‘shib kelayotgan darvozabon bu mavsumda bir nechta o‘yinlarda muqarrar gollardan «Barselona»ni saqlab qolgani tahsinga sazovor!
Germaniyalik darvozabonning maoshi haftasiga 100 000 yevro bo‘lib, futbolchi yiliga 5 million yevrodan ziyodroq pulni qo‘lga kiritadi!

Samuel Umtiti

Fransuz klub safiga «Lion»dan 25 million yevro evaziga o‘tdi va darrov asosiy himoyachilardan biriga aylanib oldi. Uning tezkorligi va ortiqcha foullardan qochishi evaziga «Barselona»ning asosiy tarkibidan joy berishgan bo‘lsa, ajab emas.
Qahramonimiz hozirda yiliga 4 million 300 ming yevro maosh olmoqda. Bu haftasiga 83 ming yevro degani!

Pike

«Barselona» klubining faxriylaridan sanaladigan Pikening maoshi qolgan himoyachilarnikidan sezilarli darajada balandroq. Himoyachi haftasiga 183 ming yevro maosh olmoqda va bu yiliga 10 million yevroga aylanadi. To‘g‘ri, futbolchining klubda tutgan o‘rni va uning ravnaqiga qo‘shgan xissasini inobatga olsak, bu maosh ham qahramonimiz uchun biroz kamroqdek tuyulib qolishi mumkin

Nelsen Samedo

«Benfika» klubidan Katoloniyaga ko‘chib o‘tgan futbolchining tez orada asosiy tarkibdan muqim joy olishini kutgan muxlislar biroz adashishdi, chamamda. Sababi, Samedu klub falsafasiga to‘liq moslasha olmayapti. Uning haftalik maoshi 83 ming yevro bo‘lib, yiliga 4 yarim milliondan ziyodroq summani tashkil etadi!

Jordi Alba

Ispaniya terma jamoasi va «Barselona» klubi safida deyarli barcha turnirlarda zafar quchgan Alba mana bir necha yillardan beri bir maromda o‘yin ko‘rsatib kelmoqda. Uning qanotdagi ishonchli harakatlariga muxlislar ko‘nikib ham qolishgan desak, adashamagan bo‘lamiz. Hozirda uning haftalik maoshi 111 ming yevroni tashkil etmoqda va bu yiliga 5,8 million yevro ga teng degani!

Ivan Rakitich

Xorvatiyalik futbolchi mana bir necha yillardan beri «Barselona» klubi sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. Uning haftalik maoshi 167 ming yevroni tashkil etadi va bu yiliga 8,7 million yevrodan biroz ortiqroq summa degani. Uning iqtidori va imkoniyatlarini inobatga olsak, uning maoshi haqqoniy!

Serhio Roberto

2010-yilda klub bilan professional shartnoma tuzgan akademiya tarbiyalanuvchisi haftasiga 83 ming yevro maosh oladi va bu 4,3 million yevroga teng.

Serhio Buskets

2008 – yilda asosiy tarkib bilan shartnoma imzolagan futbolchi maydondagi katta ko‘lamdagi ishni bajargani sababli, uni ko‘plab murabbiylar o‘z tarkibida ko‘rishni istashadi. «Barselona» klubi uni o‘z safida ushlab qolish maqsadida futbolchining maoshini 200 ming yevroga ko‘tarib qo‘ydi.

Arturo Vidal

Chililik futbolchi  31 yoshda bo‘lsa ham  «Barselona» klubi bilan o‘zi uchun o‘ta qulay shartnomaga imzo chekdi. Unga ko‘ra, futbolchi bir yilda 9,5 million yevro maosh oladi va bu haftasiga 183 ming yevro degani.

Usman Dembele

Neymarning o‘rnini egalashi kutilgan futbolchi biroz ishonchni oqlay olmadi desak, adashamagan bo‘lamiz. Uning haftalik maoshi 215 ming yevro bo‘lib, bu bir mavsumda deyarli 11 million yevro degani! Usmanning yoshidagi futbolchilar uchun havas qilsa arzigulik raqamlar!

Koutino

«Barselona» klubi tarixidagi eng qimmat futbolchilardan biri sanaladigan braziliyalik futbolchi hozirda klubdan ketish haqida o‘ylamoqda. Klub ham uni sotib yuborishdan manfaatdor. Sababi, «Katoliniya» klubi futboolchi uchun yiliga 11,5 million yevro to‘lashiga to‘gri kelmoqda. Bu haftasiga  222 ming yevro degani! Afsuski, Koutino o‘zidan kutilgan o‘yini namoyish eta olmadi.

Luis Suarez

«Liverpul»dan «Barselona»ga o‘tganida futbolchining bu qadar tez ko‘nikib ketishini hech kim kutmagan bo‘lsa, ajab emas. Gap shundaki, Luis ilk mavsumning o‘zidaypoq «Barselona» uchun trebl qayt etishda katta yordam berdi, keyingi mavsumda «La liga»dagi eng yaxshi o‘yinchi bo‘ldi. Uning yillik maoshi 17 million yevroni tashkil etadi. Bu haftasiga 325 ming yevro degani.  

Lionel Messi

«Barselona» tarixidagi eng kuchli futbolchi sifatida tarixda abadiy qoladigan futbolchining hozirda  yillik maoshi deyarli 40 million atrofida. Bundan tashqari, Uning bir nechta brendlar bilan tuzgan shartnomalari mavjud bo‘lib futbo‘lchi   «Barselona» Messiga abadiy shartnoma ham taklif qilishi mumkinligi mish-mishlar tobora ko‘payib bormoqda. Ko‘hna qit’adagi eng katta maosh oluvchi futbolchi sanaladigan Messi hozirda o‘z klubida baxtli va hech qayerga ketish to‘g‘risida o‘ylamayapti.

Futbo‘lchilarning maoshi davlat soliqlari yevaziga sezilarli tarzda kichrayib qoladi. Bu ro‘yxatda maoshlar asl ko‘rinishida keltirilgan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:20, 23.05.2019.
O'qildi: 10464 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.