Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

«Real»ning yozgi o‘yinlari ro‘yxati aniq bo‘ldi

«Real»ning yozgi o‘yinlari ro‘yxati aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -1

"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan jamoasining yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tadigan joyini o‘zgartirishga qaror qildi. Yangi rejaga ko‘ra, "Madrid" dastlabki yig‘inni AQSHda emas, Kanadaning Monreal shahrida o‘tkazadi.

"Qirollik klubi" 2016 yilning yozida aynan ushbu shaharda tayyorgarlikni boshlab, mavsum so‘ngida Ispaniya chempionligi va Yevropa chempionlar ligasini qo‘lga kiritgan edi. Fransiyalik mutaxassis Monrealning ob-havosi tayyorgarlik uchun a’lo darajada deb hisoblamoqda.

"Real" 2017 yilgi yozgi tayyorgarlikni AQSHning Los-Anjeles shahrida boshlagan edi. O‘shanda klub YECHLda g‘olib chiqqan bo‘lsa-da, La ligada muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi.

Klub Madriddagi o‘z bazasida yig‘iladi, u yerda 3-4 kunlik mashg‘ulotdan keyin futbolchilar Kanada yo‘l olishadi. Jamoa 8 kun davomida Monrealda shug‘ullanib, so‘ngra AQSHga yo‘l oladi. "Qirollik klubi" u yerda 3ta nazorat uchrashuvini o‘tkazadi: «Bavariya», «Arsenal» va «Atletiko»ga qarshi.

Shuningdek, «Real Madrid» Myunxen shahrida o‘tkaziladigan Audi Cup musobaqasida ishtirok etadi. Jamoa yarim finalda «Tottenxem» bilan to‘qnash kelsa, oradan 1 kun o‘tib Zidan shogirdlarini final yoki 3-o‘rin uchun o‘yin kutib turibdi.

"Qaymoqranglilar" 1 avgust kuni Madridga qaytib, mavsumning boshlanishiga tayyorgarlikni davom ettirishadi. Yangi mavsumga qadar klub yana bitta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishni rejalashtirgan.

«Real»ning mavsumoldi o‘yinlari ro‘yxati:

12 iyul — Monrealda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini;
21 iyul — «Bavariya»ga qarshi o‘yin (Xyuston);
24 iyul — «Arsenal»ga qarshi o‘yin (Merilend);
27 iyul — «Atletiko»ga qarshi o‘yin (Nyu-Jersi);
30 iyul — «Tottenxem»ga qarshi o‘yin (Audio Cup, Myunxen);
31 iyul — final yoki 3-o‘rin uchun o‘yin (Audio Cup, Myunxen);
1 avgust — Madridga qaytish

Manba: sports.ru
Kiritildi: 12:00, 24.05.2019.
O'qildi: 16739 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.