Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Superliga: 11-turning ikki uchrashuvi sanasi o‘zgardi

Superliga: 11-turning ikki uchrashuvi sanasi o‘zgardi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Coca Cola Superligasining 11-turi doirasidan joy olgan “Lokomotiv” — “Surxon” hamda “Buxoro” — “Paxtakor” uchrashuvlari reja bo‘yicha 14 iyun kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi. Mazkur o‘yinlar sanasi o‘zgartirildi. Endilikda “Lokomotiv” ishtirokidagi bellashuv 15 iyun sanasida, “Paxtakor”ning Buxorodagi o‘yini esa 16 iyunda o‘tkaziladi.

Boisi, “Lokomotiv” va “Paxtakor” klublari milliy terma jamoaga uch va undan ortiq futbolchi berayotgan jamoalar hisoblanadi. O‘zbekiston milliy termasining JCH-2022 saralash o‘yinlariga puxta hozirlik ko‘rishi uchun O‘FA iyun oyidagi FIFA kunlariga ikki emas, uch o‘rtoqlik o‘yini tayin qildi: 2 iyun — Turkiya, 7 iyun — KXDR, 11 iyun — Suriya. Tabiiyki, mazkur o‘yinlar hamda ulardan keyingi tiklanish uchun futbolchilarga vaqt kerak bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, o‘yinlar sanasi o‘zgartirdi.

Taqvim tuzib chiqilgan bir vaqtda “Lokomotiv” va “Paxtakor” ishtirokidagi o‘yinlar alohida inobatga olingan bo‘lib, O‘zPFL bu klublarning Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o‘tishiga umid bildirgandi. Ya’ni, 17-18-19 iyun kunlari OCHL o‘yinlari bor ekani inobatga olinib, poytaxt yetakchilari ishtirokidagi o‘yinlar 14 iyunga tayin qilingandi. Shuningdek, O‘zPFL milliy terma jamoaning uch uchrashuvda maydonga tushishini rejalashtirmagandi. Klublarimizning xalqaro o‘yinlardan uzilganliklari inobatga olinsa, yuqoridagi o‘zgarishlar ularning rejalariga ta’sir ko‘rsatmaydi, aksincha, terma futbolchilarining tiklanib olishlari uchun imkon berilgan bo‘ladi. 

Ma’lumot uchun, “Lokomotiv” 11-turni o‘z maydonida o‘tkazadi. Milliy terma o‘yinlari ham Toshkentda ekani inobatga olinib, uchrashuv 1 kun keyingi surildi. “Paxtakor” esa Buxoroga tashrif buyuradi, shundan kelib chiqib, o‘yin ikki kun keyinga qoldirildi. Bu yerda, shuningdek, Superliga bellashuvlarini translyasiya qiluvchi “Sport” telekanali taklifi ham inobatga olinishi kerak. Ya’ni, Navoiy va Buxorodagi uchrashuvlarning bir kunga to‘g‘ri kelib qolmasligi translyasiya masalasida muhim faktor hisoblanadi. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 16:28, 24.05.2019.
O'qildi: 3312 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.