Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

«Liverpul» futbolchilari Salahning klubdan ketishi haqdida nimalar deyishmoqda?

«Liverpul» futbolchilari Salahning klubdan ketishi haqdida nimalar deyishmoqda?

Baho:
+ | -

Hozirda «Liverpul» klubi yulduzi Muhammad Salahning klubdan ketishi to‘g‘risida mish-mishlar tobora ko‘payib bormoqda. Aynan shu mavzuda ingliz hamkasblarimiz Salahning jamoadoshlarining fikrlari bilan qiziqshdi. Biz esa, bu intervyularni sizlarga ilindik.

Jordan Henderson

Bizning safimizga kelgan chog‘idayoq uning super yulduz ekanligini darrov sezganmiz. U chaqqon va qarshi xujumda tezkor futbolchi. Muhammadning jamoamizga keltirayotgan foydasini inobatga olsak, u Messi va Ronaldu darajasidagi futbolchi deb bemalol ayta olaman. O‘ylashimcha, buyuk futbolchiga aylanish uchun «Real Madrid», yoki «Barselona» singari klublarda to‘p surish shart emas. «Liverpul» katta tarixga ega klub va YCHLda g‘olib bo‘lish imkoniyatiga ega. Agarda biz finalda g‘alaba qozonadigan bo‘lsak, uning ketishiga xojat qolmaydi, deb hisoblayman. Sababi, biz Yevropadagi eng qudratli klubga aylanamiz!

Sadio Mane

Men Mo bilan qadrdon do‘st eknaligimdan va uning darajasidagi futbolchi bilan jamoadosh ekanligimdan faxrlanaman. U insoniylik borasida ko‘plab futbolchilar uchun namuna bo‘la oladi. Hozirda uning kariyerasi o‘zining pik balandligiga ko‘tarilib kelmoqda. Shunday bo‘lsada, agarda u ketishni istaganida menga bu haqida, albatta, aytgan bo‘lar edi. Umid qilamanki, biz Muhammadni o‘z safimizda olib qolamiz.

Virdjil Van Deyk

Agarda Muhammad o‘z formasini tiklab olsa, uni to‘xtatishning deyarli iloji qolmaydi. Balki iloji bordir, biroq uni sizlarga aytmayman. Bu bizga finalda pand berishi mumkin. Uning ketishi haqida? Albatta, xabarim bor. Hozirda u kariyerasining eng baland cho‘qqisida turibdi. Tabiiyki, top klublar uni o‘z safida ko‘rishni istashlarini tushunsa bo‘ladi. Shunday bo‘lsada, unutmaslik kerak-ki, bizni final kutmoqda. Agarda biz Yevropaning tengsiz klubiga aylanadigan bo‘lsak, Salahning klubdan ketishidan hech qanday mantiq yo‘q deb hisoblayman.

Yurgen Klopp

Uning o‘yini bizni to‘liq qoniqtirmoqda. O‘ylashimcha, bizning uslubimiz ham uni o‘sishi uchun katta hizmat ko‘rsatmoqda. Men shu jamoaning ustozman. Agarda u ketishni istaganida men, albatta, bundan xabrador bo‘lar edim. Shunday ekan, boshqa bu mavzuda suhbatlashishni istamayman!

Jeyms Milner

U ajoyib mavsumni o‘tkazdi. U maydon ichida ham tashqarisida ham yaxshi yigit. Salah darajasidagi futbolchining safimizda ekanligi bizning omadimiz, desam adashamagan bo‘laman. Umid qilamizki, u yanada kuchliroq futbol namoyish eta oladi. Uning ko‘p gol urishi hammani quvontirishi turgan gap, biroq  jamoadoshlarining ham hizmatlarini unutmaslik zarur! Futbolchi o‘sishdan to‘xtab qolmasligi zarur! Fikrimcha, «Liverpul» Salahning o‘sishi va yanada kuchli futbolchiga aylanishi uchun qo‘lidan kelgan hamma yordamni beradi va Salah final uchrashuvida biz uchun eng foydali o‘yinchiga aylana oladi!

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 22:41, 24.05.2019.
O'qildi: 11996 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.