Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Shaxmat: Jahon kubogiga saralash musobaqasida 3-tur yakunlandi

Shaxmat: Jahon kubogiga saralash musobaqasida 3-tur yakunlandi

Baho:
+ | -
Erkaklar o‘rtasida qozog‘istonlik Rinat Jumabayev, ayollar orasida hamyurtimiz Gulruhbegim Tohirjonova peshqadamlik qilmoqda.    Xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida Jahon kubogi uchun Markaziy Osiyo mintaqasi saralash bahslari bo‘lib o‘tmoqda.   Kecha musobaqaning 3-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Jami 25 nafar ishtirokchi g‘oliblik uchun dona surayotgan erkaklar o‘rtasidagi musobaqalarda ikkinchi tartib raqami bilan saralangan qozog‘istonlik grossmeyster Rinat Jumabayev oq donalarda o‘z hamyurti Murtaz Kazgaleevdan ustun keldi va uch imkoniyatdan uch ochko jamg‘argan holda peshqadamlik qilmoqda.   Musobaqaning eng nomdor ishtirokchisi, 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov esa bu turda yana bir qozog‘istonlik grossmeyster Pyotr Kostenkoni mag‘lub etdi. Natijada Rustam o‘z ochkolari sonini 2,5taga yetkazib olgan holda Jumabayevni ta’qib qilmoqda.   photo5420457673872223025.jpg   Peshqadamlar safida borayotgan 19 yoshli shaxmatchimiz, xalqaro master Ortiq Nig‘matov ham 3-turda g‘alaba qozondi. U oq donalarda qozog‘istonlik sport ustasi Ansat Aldiyorni dog‘da qoldirdi va 2,5 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra Qosimjonovdan keyingi 3-pog‘onani egallab turibdi.   3-tur o‘yinlarida hamyurtlarimiz Tohir Vohidov va Nodirbek Yoqubboyev durangga imzo chekishgan bo‘lsa, jahonning eng yosh grossmeysterlaridan bo‘lmish Nodirbek Abdusattorov esa hamyurti Abdumalik Abdusalimovdan ustun keldi.   Ayollar o‘rtasidagi 3-tur o‘yinlarida xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova muhim g‘alabaga erishdi. Turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan Tohirjonova qora donalarda o‘ynagan bo‘lishiga qaramay qozog‘istonlik Madina Davletbayevani mag‘lub etdi va jahon kubogi sari muhim qadam tashladi.   Hamyurtimiz Nilufar Yoqubboyeva esa 3-turda yana bir qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Assaubayevadan ustun keldi. Yana bir grossmeysterimiz Sarvinoz Qurbonboyeva esa Qozog‘iston terma jamoasi a’zosi Gulisxan Naxbayeva bilan durangga imzo chekdi. Shuningdek, iste’dodli shaxmatchimiz Bahora Abdusattorova ham qozoq shaxmatchisi Meruyert Kamalidenovani mag‘lub etdi.   3-turdan keyin Tohirjonova 3 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Nilufar Yoqubboyeva 2,5 ochko bilan 2-pog‘onani band etgan. Keyingi pog‘onalardan joy olgan biryo‘la besh nafar shaxmatchi hisobida bir xil – 2tadan ochko mavjud.   Bugun kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar 4-tur doirasida o‘zaro dona surishadi.
Manba: UZA
Kiritildi: 00:55, 25.05.2019.
O'qildi: 3359 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик