Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Otabek G‘ulomxo‘jayev: «Hujumkor futbolni yaxshi»

Otabek G‘ulomxo‘jayev: «Hujumkor futbolni yaxshi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Namangandagi “Markaziy” stadionda Berlin U-18 jamoasiga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, 2:0 hisobida g‘alaba qozongani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

O‘yindan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Genri Renosh ishtirok etdi.   

"Avvalambor, o‘yin juda chiroyli va mazmunli o‘tganini aytib o‘tmoqchiman. Biz o‘yin davomida to‘pni nazorat qilishga harakat qildik, lekin o‘zbekistonlik futbolchilar bunga imkon berishmadi. Ular tezlik bilan bizdan to‘pni olib qo‘yishga muvaffaq bo‘lishdi. Andijondagi o‘yinda asosiy e’tiborni himoyaga qaratgandik. Bu safar esa ochiq o‘yin namoyish qildik. Shu sababli ham mag‘lubiyatga uchradik, deb o‘ylayman.  Men stadionga kelgan muxlislarga ham alohida minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman. Ular ajoyib muhitni yuzaga keltirishdi. O‘yin davomida nafaqat O‘zbekiston terma jamoasini, balki bizni ham faol ravishda qo‘llab-quvvatlab turishdi. Buning uchun ularga rahmat aytmoqchiman", - dedi Genri Renosh.

  Matbuot anjumanining ikkinchi qismida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayev ishtirok etdi.

"Birinchi navbatda, o‘yin davomida stadionni to‘ldirib o‘tirgan namanganlik muxlislarga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bunaqa muhitda har qanday jamoa mazza qilib futbol o‘ynaydi. Bugun natijadan ko‘nglim to‘ldi, lekin o‘yinimizni kuchaytirish borasida hali qiladigan ishlarimiz borligi aniq. Raqib bizga o‘ynashga imkon berdi, biz ko‘proq gol urishimiz kerak edi. Ko‘p vaziyatlardan unumli foydalan olmadik.    Men o‘zim hujumkor futbolni yaxshi ko‘raman va individual mahoratga ega futbolchilarni qadrlayman. Jamoaviy o‘yindan tashqari, uchinchi zona - raqib jarima maydonchasi atrofida erkin harakat qiladigan, kreativ qarorlar qabul qiladigan futbolchilarni tarkibga jalb qilishga harakat qilaman. Ba’zi o‘yinlarda raqib jamoaviy o‘yin ko‘rsatish imkoniyatini bermaydi, barcha chiziqlarni yopib qo‘yadi. Shunda katta sahnaga individual mahoratga ega futbolchilar chiqadi. Bunga jahon futbolida ham misollar ko‘p.    Mening maqsadim hozirda tarkibda bo‘lgan futbolchilar o‘sishda davom etib, keyinchalik Olimpiya va Milliy terma jamoalarida to‘p surishlarini ko‘rish. Bugungi o‘yinda o‘zini ko‘rsatgan Ruslan Roziyev, Hojimat Erkinov kabi futbolchilarning salohiyati yuqori. Ular shu tariqa o‘ynashda davom etsa, kelajakda kuchli futbolchi bo‘lib yetishadi. Umuman olganda, tarkibdagi barcha futbolchilarda salohiyat katta, deb hisoblayman", - dedi Otabek G‘ulomxo‘jayev.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 13:37, 25.05.2019.
O'qildi: 2178 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик