Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 0-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Ariagner Smit Medina: «Qizilqum»da ahil oila yig‘ilgan»

Ariagner Smit Medina: «Qizilqum»da ahil oila yig‘ilgan»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Milliy chempionatimizda turli davrlarda har xil millatga mansub legionerlar to‘p surishgan. Hattoki, 2014 yili ispaniyalik Karles Koto «Bunyodkor» safida bir davra o‘ynagandi.

Demakki, mamlakatimizga xorijlik futbolchilarning kelishi biz uchun yangilik hisoblanmaydi. So‘nggi yillardagi statistika jamoalarimizda faoliyat yuritgan legionerlarning aksariyati Boltiqbo‘yi davlatlaridan ekanini ko‘rsatmoqda.

Lekin joriy yildan e’tiboran Superliga klublari o‘z an’analaridan voz kechgan holda boshqa mamlakatlardan ham futbolchilarni jalb etishmoqda. Buni «Qizilqum» misolida ko‘rish mumkin. Navoiyliklar yangi mavsumga taraddud ko‘rish jarayonida o‘z tarkiblarini nikaragualik Ariagner Smit Medina bilan kuchaytirib olishdi. Tezkor dribling sohibi bo‘lgan hujumchi dastlabki turlarda birin-ketin gollar urib, ishqibozlar e’tiboriga tushdi. Biz yaqinda Ariagner bilan suhbatlashib, o‘zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik. 

- O‘zingizni qanday his qilyapsiz?

- Barchasi ajoyib, yurtingiz ob-havosiga sekin-asta ko‘nikib boryapman. Ko‘ryapsiz, chempionat ayni avj nuqtasiga kirib bormoqda. Mazkur holatda hech bir jamoaga oson bo‘lmasligi turgan gap. Oldinda muhim bahslar kutmoqda, iloji boricha ko‘proq ochko jamg‘arishga harakat qilamiz.

- O‘zbekiston haqida avval qandaydir tasavvurga egamidingiz?

- To‘g‘risi, ilk bor kelganimda, O‘zbekiston menga notanish mamlakat ekanligini bilardim. Lekin hozir futbol barcha davlatlarda jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Vaqt o‘tgani sari yorqin taassurotlarga ega bo‘lyapman.

- «Qizilqum»da sizni qanday qarshi olishdi?

- Bu yerda ahil-inoq oila yig‘ilgan, dastlabki kunimdanoq mezbonlar menga juda iliq munosabatda bo‘lishdi. Jamoaga tezroq moslashib ketishimda yaqindan yordam ko‘rsatishdi. Shu bois bo‘lsa kerak, ilk turlardan o‘zimni ko‘rsatishga ulgurdim.

- Chempionat boshidagi o‘yinlaringiz muxlislarda ijobiy taassurot qoldirdi... Ketma-ket gollar urdingiz, lekin negadir keyin sermahsullik yo‘qoldi...

- To‘g‘ri aytasiz. Lekin mehnat qilish, o‘z ustimda ishlashdan to‘xtayotganim yo‘q. Jamoadoshlarim mendan ko‘ra tajribali hisoblanishadi. Ulardan ko‘p narsa o‘rganish mumkin. O‘ylaymanki, oldindagi bahslarda yana gollar urib, jamoamga g‘alaba keltirmoqchiman.

- Qandaydir muammolarga duch kelmadingizmi? Mahalliy odatlarimizga o‘rganib qoldingizmi?

- Imkon qadar o‘rganyapman. Faqat til borasida biroz qiyin bo‘ldi, dast­avval. Ammo futbol terminlari hamma joyda bir qo‘llanilishini inobatga olsak, hozircha muammo yo‘q. «Qizilqum» men uchun katta imkoniyatlar eshigidir. Bir muddat Navoiyda qolishga qaror qildim. Ochig‘i, menga shahar yoqib qoldi, tinch, osoyishta.

- Copa America musobaqasida qaysi termaga muxlislik qilasiz?

- Bolaligimdan Braziliyaga ish­qibozman, bu jamoaning o‘yin uslubi hamisha o‘ziga jalb etgan meni. To‘g‘ri, Lotin Amerikasi vakillarining so‘nggi yillardagi natijalarini qoniqarli deb bo‘lmaydi. Lekin jahon chempionatlaridagi muvaffaqiyatsiz ishtirok bu jamoaning kuchi pasayganligidan darak bermaydi. Neymar va uning sheriklari qaysi turnir bo‘lmasin, hamisha favoritlar qatorida e’tirof etiladilar.

- Navbatdagi yevromavsum ham nihoyasiga yetmoqda. Xo‘sh, kuchli beshlik chempionatlarida siz kutgan holatlar sodir bo‘ldimi?

- Deyarli, ha. Ispaniyada hech narsa o‘zgargani yo‘q. Faqat «Xetafe»ning kuchlilar safida paydo bo‘lishini kutmagandim. Italiyada bu safar «Atalanta» uchinchi o‘rinni egalladi. Uning o‘rnida «Milan» yoki «Inter» bo‘lishi mumkin edi. Menimcha, eng qiziqarli o‘tgan chempionat - bu Angliya Premyer-ligasi va Germaniya Bundesligasi bo‘ldi. Intriga oxirgi turga qadar saqlanib qoldi.

- Ariagner, sizga va jamoangizga omad va zafarlar tilab qolamiz.

- Rahmat. Asosiysi, «Qizilqum»ga foyda keltirsam bas.

 

MA’LUMOT UCHUN

To‘liq ismi: Ariagner Stiven Smit Medina

Tug‘ilgan sanasi: 1998 yil 13 dekabr

Tug‘ilgan joyi: Somoto, Nikaragua

Pozisiyasi: hujumchi

Klublardagi faoliyati:

2014-2018 - «Real Esteli» (Nikaragua)

2018 - «Spartak Yurmala» (Latviya)

2019 yildan «Qizilqum» klubida to‘p surmoqda.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 17:06, 26.05.2019.
O'qildi: 2708 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.