Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bugun tajriba tantana qildi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bugun tajriba tantana qildi»

Baho:
+ | -

“Nasaf” – “Lokomotiv” uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev quyidagicha fikr bildirib o‘tdi: 

- Bugungi bahsda tajriba g‘alaba qozondi. Bugungi raqibimiz tajribaga ega, juda jiddiy jamoa edi. Shunga qaramay yigitlarimiz oxirigacha ijobiy natija uchun kurash olib borishdi. O‘yin so‘nggiga qadar bir qator xavfli vaziyatlarni ham vujudga keltira oldik. Agar ulardan unumli foydalanganimizda natija umuman boshqacha bo‘lishi ham mumkin edi. Bugun yigitlarimiz yosh bo‘lishiga qaramay katta tajribaga ega futbolchilardan iborat kuchli jamoaga qarshi tengma-teng kurash olib borishdi. Shu sababdan o‘yindan so‘ng shogirdlarimga harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdim. Qolaversa, bizni jamoamizni qiyin vaziyatda bo‘lsak-da, ishonib qo‘llab-quvvatlayotgan muxlislarimizga ham rahmat, - dedi mutaxassis. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 23:01, 26.05.2019.
O'qildi: 3156 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик