Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Superligadagi eng yaxshi o‘zbekistonlik to‘purar YEL finalida kimga muxlislik qiladi?

Superligadagi eng yaxshi o‘zbekistonlik to‘purar YEL finalida kimga muxlislik qiladi?

Baho:
+ | -

Agar O‘zbekiston Superligasiga bee’tibor bo‘lmasangiz navbatdagi suhbatdoshimizni aniq taniysiz. Joriy mavsum Qarshining “Nasaf” jamoasi tarkibi ancha yosharishiga qaramay ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Ayni damda Qarshiliklarning to‘purari bo‘lib turgan Xumoyun Murtazoyev bilan suhbatlashishga erishdik.
- Xumoyun futbolga kirib kelishingiz va birinchi murabbiyingiz haqida gapirib bersangiz.

- Birinchi ustozim Ikrom aka Sidiqov bo‘lgan. Futbolning sir asrorlarini u kishidan o‘rganganman.

- Xumoyun bu mavsumda “Nasaf” jamoasi ancha yosharib ketgandek ko‘rinmolqda, ammo natijalar chakki emas.Sizningcha faqat yoshlardan iborat jamoaning qolgan klublardan ustun tomoni nimada?

- To‘g‘ri jamoa bu yil ancha yoshargan. Ammo jamoa yosh bo‘lishiga qaramay futbolchilar ahil va bir oiladek. Shuningdek murabbiy faktori ham katta ro‘l o‘ynamoqda.

- Ro‘ziqul Berdiyevning futbolchilarga munosabati qanday? Qattiqo‘lmi yoki xushchaqchaq?

- Ikkisi ham bazida qattiqo‘l, bazida xushchaqchaq.

- Agar yozgi transferlar vaqtida boshqa jamoalardan takliflar tushsa, jamoangizni o‘zgartirasizmi?

- Hozir bor e’tiborim “Nasaf” jamoasiga qaratilgan. Oldindan bir nima deya olmayman, barchasini vaqt ko‘rsatadi.

- Superligada joriy mavsum qaysi futbolchining o‘yinlarini alohida ko‘rsata olasiz?

- To‘g‘risi biror kishini alohida ko‘rsata olmayman. Hamma yaxshi o‘ynamoqda.

- “Nasaf”ni mavsum oldidan xar doim ko‘plab yetakchilar tark etadi. Ammo jamoa yangi nomlarni kashf qilib o‘z darajasini saqlab qolyapti. Buning siri nimada deb o‘ylaysiz?

- Menimcha, buning siri Ro‘ziqul Berdiyevda.

- YEL hamda YECHL finalida kimning qo‘li baland keladi deb o‘ylaysiz?

- Futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. O‘ylachimcha, "Liverpul" va "Arsenal" klublari chempionlikni qo‘lga kiritadi.

- Kumiringiz va yoqtirgan jamoangiz qaysi?

- Braziliyalik Ronaldoga yoshligimdan muxlislik qilaman va “Real Madrid” klubi muxlisiman.

- Milliy terma jamoadan chaqiruv kutganmidingiz?

- Ha, albatta. Har bir futbolchining orzusi milliy terma jamoada o‘ynash.

- Har qanday futbolchining faoliyatida og‘ir damlar uchrab turadi. Sizda ham og‘ir damlar bo‘lganmi?

- Ha, og‘ir damlar nafaqat futbolchida balki barcha insonlarda bo‘ladi. Shular qatori menda ham bo‘lgan.

- Faoliyatingiz davomidagi eng quvonchli voqiyani aytib bersangiz.

- Superligada debyut qilganim.

Jaloliddin Qobiljonov suxbatlashdi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:18, 29.05.2019.
O'qildi: 3823 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.