Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Messi YECHL finalida kim g‘olib bo‘lishini taxmin qildi!

Messi YECHL finalida kim g‘olib bo‘lishini taxmin qildi!

Baho:
+ | -

YECHL finaliga ham tobora oz fursat qolmoqda. Final uchrashuvida «Liverpul» biroz fovoritroq ko‘ringani bilan «Tottenhem»ning imkoniyatlari ham chakki emas. Bugun futbol olamidagi eng mashhur insonlar tomonidan finalga qilingan taxminlarni o‘qishingiz mumkin.

Roberto Karlos

Men uchun ikki klubning ham imkoniyatlari teng! Ular finalda o‘ynashga haqli. Shunday bo‘lsada, «Liverpul»da kichik ustunlik mavjud. Sababi, ular o‘tgan mavsumda YECHL finalida ishtirok etishgan va kerakli xulosalarni chiqargan holda, uchrashuvni sovuqqonlik bilan o‘tkazishadi, lekin uchrashuv tomoshabop bo‘lishiga shubham yo‘q!

Devid Bekhem

To‘g‘risi, bu mavsumdagi ingliz finallari kishini quvontirdi.  Asosiysi, tumanli albion klublari yana o‘zlarining pik formalarini tiklab olishdi! O‘yinda katta ehtimol bilan «Liverpul» g‘alaba qozonsa, ajab emas. Sababi, ular APL poygasida «Shporlar»dan avvalroq finishga yetib kelishdi. Shunday bo‘lsada, birinchi navbatda ikki klubdan ham hujumkor va jangovar futbol kutib qolaman. Qolgani muhim emas.

Zlatan Ibrahimovich

Bu final uchrashuvini tomosha qilishdan ko‘ra Yevropa Ligasini kuzatganim ma’qul. YECHL  finalida Klopp shogirdlari raqibiga nisbatan bir bosh balandroq.  Shunday ekan, «Tottenhem»dan ularga qarshilik ko‘rsatishni kutish noo‘rin.

Ueyn Runi

Quvonarlisi, APL klublari jismoniy futbol evaziga yana sekin-astalik bilan Ispaniya futbolini taxtdan qulatmoqda. Bu yoqimli holat. APLda to‘p surish har qanday futbolchining qo‘lidan kelavermasligi hech kimga sir emas. Finalda «Liverpul»ni fovorit ekanligini aytib o‘tgan bo‘lar edim. Ular o‘tgan mavsumdagi xatolaridan xulosa chiqarishgan va bu mavsumda chempion bo‘lish uchun tish tirnoqlarigacha qurollanib maydonga tushishlari kutilmoqda.

Messi

Men finalda «Liverpul»ni fovorit deb hisoblayman. Ular «Enfild»da  bizning xatolarimiz uchun emas, balki o‘zlarining professionallarga hos hislatlari evaziga bizni mag‘lubiyatga uchratishdi. «Tottenhem»ni ham hurmat bilan tilga olish zarur. Pochetino shogirtlari «Ayaks»ni qanday tunirdan chiqarib yuborishganini hamma ko‘rdi. Shunday bo‘lsada, «Liverpul» qatorasiga ikkinchi mavsumdan beri kuchli futbol namoyish etib kelmoqda va ketma-ket ikkinchi bor YECHL finalida maydonga tushadi.  Bu ularga Kiyevdagi mag‘lubiyatdan so‘ng ikkinchi imkon sifatida berilgan taqdirning inoyati. Ular bu tuhfani qo‘ldan chiqirib yubormasliklari zarur!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:30, 31.05.2019.
O'qildi: 20216 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.