Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

"Metallurg" Liga Kubogini "Bunyodkor" ustidan g‘alaba bilan boshladi

"Metallurg" Liga Kubogini "Bunyodkor" ustidan g‘alaba bilan boshladi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumdan e’tiboran Superliga hamda Pro liga klublari o‘yinlari sonini oshirish maqsadida tashkil etilgan Liga Kubogini Bekobodning “Metallurg” jamoasi o‘z maydonida poytaxtning “Bunyodkor” jamoasiga qarshi boshladi.

Xabaringiz bor, bir hafta muqaddam ushbu jamoalarning Superliga doirasida o‘tgan o‘yinida “qaldirg‘ochlar” g‘alaba qozonishgandi. Bu safar esa “Bekobod yo‘lbarslari” revansh olishdi. O‘yin taqdirini hal etgan yagona gol 11 daqiqada Sergey Proxorov tomonidan kiritildi. Sergey Bahrom Abdurahimovning ta’qibidan qochib to‘pni darvozabonga uzatgandi. Abdumavlon Abdujalilov esa bo‘sh o‘yinchilarini qidirgunicha to‘p uning oyoqlari tagidan o‘tib, darvoza chizig‘ini kesib o‘tdi – 1:0.


O‘yinning qolgan daqiqalari ham juda qiziqarli va murosasiz o‘tgan bo‘lsa-da, hisob boshqa o‘zgarmadi.


O‘zbekiston Liga Kubogi, 1-tur
METALLURG – BUNYODKOR – 1:0.

Bekobod. “Metallurg” stadioni. 31 may, juma
Hakamlar: Shavkat Nasibullayev, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin, Husan Xudoyberdiyev
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov
Komissar: Jahongir Rahmatullayev
Gol: Sergey Proxorov (11-a).

Metallurg”: 12. Aleksandr Lobanov, 5. Abbos Otaxonov, 9. Mahmud Qudratullayev (15. Zohid Abdullayev, 46), 11. Bahrom Abdurahimov, 17. Muzaffarjon Muzaffarov, 19. Doniyor Usmonov (7. Suhrob Nurulloyev, 67), 22. Shahzodbek G‘ofurbekov, 28. Stanislav Andreev, 33. Odilbek Abdumajidov (77. Muhammad Isayev, 72), 55.Akbarjon Ismatullayev, 70. Sergey Tumasyan.
Zahira: 1. Zafar Safayev, 10. Islombek Isoqjonov, 14. Abrorbek Toshqo‘ziyev, 18. Shavkat Mullajonov, 20. Xudoyshukur Sattorov, 85. Bahodir Pardayev.


Bunyodkor”: 1. Abdumavlon Abdujalilov, 2. Kemran Najafaliyev, 4. Sergey Proxorov, 13.Lutfulla To‘rayev, 20. Vladislav Nuriyev, 23. Sanjar Rixsiboyev, 26. Ulug‘bek Abdullayev, 34. Suhrob Izzatov, 37. Muhammadodil Qahramonov, 48. Valeriy Akopov.
Zahira: 74. Eldar Adxamov, 6. Anvar G‘afurov, 7. Dilshodbek Ahmadaliyev, 9. Sardorbek Azimov, 11. Javohir Qahramonov, 18. Jahongirbek Abdusalomov, 33.Diyorbek Rahimqulov, 49. Farrux Ikramov, 70. Nodirbek Mavlonov.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:30, 31.05.2019.
O'qildi: 5100 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.