Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Rasman! Aleksandr Xomyakov «Andijon» jamoasi bosh murabbiyi

Rasman! Aleksandr Xomyakov «Andijon» jamoasi bosh murabbiyi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning viloyatda millionlar o‘yiniga bo‘lgan yuksak e’tibori, jamoamizni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlashi, har bir uy uchrashuvlarimizga shaxsan tashrif buyurishi tabiiyki andijonlik minglab ashaddiy muxlislarni quvontirmoqda. "Andijon" jamoasining natijasiga befarq bo‘lmagani uchun ham klubimiz prezidenti - Shuhratbek Abdurahmonov bosh murabbiy masalasini zudlik bilan ko‘rib chiqishni, lozim bo‘lsa xorijlik malakali mutaxassisni jal etish va bu orqali ijobiy natiajalarga erishib, Andijon xalqini xursand qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

Shundan so‘ng klub rahbariyati bir qator tajribali murabbiylar bilan muzokaraga kirishdi va yakunda rossiyalik taniqli murabbiy Aleksandr Xomyakov nomzodida to‘xtalishga qaror qildi.

Ishqibozlarga yaxshi ma’lumki, so‘nggi 10 yilni Muborak "Mash’al" jamoasida samarali o‘tkazgan Aleksandr Andreevich mamlakatimiz futbolida o‘ziga yarasha xurmat qozongan mutaxassislardan biridir. Eng avvalo ichki imkoniyatdan foydalanib, mahalliy kadrlarni yetishtirib borishga xarakat qiladigan Xomyakov "Andijon"da ham ushbu falsafasidan foydalanishni rejalashtirgan.

Yangi mavsumga jamoani tayyorlagan Ildar Sakayevning sog‘ligi bilan muammo paydo bo‘lgani uchun, jamoani "Paxtakor", "Navbahor" va "Mash’al" jamoalariga qarshi yordamchi murabbiy Jamshid Saidov olib tushayotgandi. Mana endi bosh murabbiy masalalasi hal bo‘ldi.

Ildar Sakayev o‘z arizagi ko‘ra, egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Yangi bosh murabbiy Aleksandr Xomyakovga endilikda Jamshid Saidov, Diyorbek Mirzaboyev va Qobiljon Olimjonovlar yordam berishni davom ettirishadi.

Kecha Muborakda "Mash’al" jamoasiga qarshi Liga Kubogining 1-turidan so‘ng futbolchilarga qisqa muddatli tanaffus berilgandi. Shu bois jamoa a’zolari 6 iyun kuni Andijon shahridagi sport-qarorgohga yig‘ilishadi va yangi bosh murabbiy futbolchilarga rasman tanishtiriladi.

Aleksandr Andreevich esa 4 iyun kuni Andijon shahriga yetib keladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:25, 02.06.2019.
O'qildi: 3064 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.