Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Futbol do‘stlik uchun» loyihasidagi ishtiroklarini yakunlashdi

«Futbol do‘stlik uchun» loyihasidagi ishtiroklarini yakunlashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Avvlaroq, Ispaniyaning Madrid shahrida "Futbol do‘stlik uchun" loyihasining Yettinchi mavsumi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik. Mazkur loyihada o‘zbekistonlik yosh futbolchilar ham ishtirok etishdi. 

Loyiha Yevropa, Osiyo, Afrika, Janubiy va Shimoliy Amerika mamlakatlaridan tashrif buyurgan jami 800 nafarga yaqin insonlarni birlashtirdi. Tadbirlarni dunyoga mashhur ommaviy axborot vositalarining 160 nafarga yaqin xodimlari yoritib borishdi.

"Futbol do‘stlik uchun" loyihasi doirasida yosh futbolchilar futbol bo‘yicha musobaqada ishtirok etishdi. Jahon hamjamiyati nigohini tabiatni muhofaza qilishga qaratish maqsadida jamoalar kamyob va yo‘qolib ketish xavfida bo‘lgan jonivorlar nomlari bilan ataldi. 

Yosh futbolchilar musobaqalarda ishtirok etishdan tashqari Ginnesning yangi rekordini o‘rnatishda ham ishtirok etishdi. Bir vaqtning o‘zida maydonda 57 xil millat vakillari mashg‘ulot olib borishdi. Bu holatni GUINNESS WORLD RECORDS® kompaniyasi hakami Anna Orford kuzatib bordi hamda rekord qayd etilganini tasdiqlovchi sertifikatni loyiha rahbari, «Gazprom» OAJ direktorlar kengashi raisi Viktor Zubkovga taqdim qildi. 

Bundan tashqari, loyiha ishtirokchilari Madrid shahridagi "Wanda Metropolitano" stadionida bo‘lib o‘tgan Yevropa Chempionlar ligasi finalini bevosita stadiondan tomosha qilishdi. 

Loyiha doirasida bolalar futbolini rivojlantirish mavzusida xalqaro forum ham o‘tkazildi. Ushbu forumda bolalar futbolidagi dolzarb masalalar haqida so‘z yuritildi.

"Futbol do‘stlik uchun" ajoyib loyiha bo‘lib, bu loyiha ishtirok etishni, menimcha, butun dunyodagi bolalar istashsa kerak. Sport va ijtimoiy hayotni birlashtirgan loyiha yosh futbolchilarga o‘z iste’dodlarini namoyon qilish, hayotda o‘z yo‘llarini topish va yetakchiga aylanish imkoniyatini taqdim qiladi. Men ham mazkur loyihaning bir qismiga aylanganimdan juda xursandman", - dedi forumda qatnashgan jahon futboli yulduzi Roberto Karlos.

"Futbol do‘stlik uchun" loyihasi ishtirokchilari eng ijtimoiy futbol klubga ovoz berishdi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra Angliyaning "Liverpul" klubi g‘olib deb topildi. Avvalgi yillarda «Barselona» (Ispaniya), «Bavariya» (Germaniya), «Al-Vahda» (Suriya), «Real Madrid» (Ispaniya) va Braziliya terma jamoalari mana shunday so‘rovnomada g‘olib chiqishgandi.

Eslatib o‘tamiz, "Futbol do‘stlik uchun" loyihasining Yettinchi mavsumida O‘zbekistondan Asilbek No‘’monov, Asadbek Ro‘zimov, Abdulla Tursunboyev hamda Marina Kosnikova ishtirok etishdi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 10:18, 04.06.2019.
O'qildi: 1462 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.