Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

O‘zbekistonlik sportchilar «Xalqaro Olimpiyachilar forumi»da ishtirok etishdi

O‘zbekistonlik sportchilar «Xalqaro Olimpiyachilar forumi»da ishtirok etishdi

Baho:
+ | -

Rossiyaning Moskva shahrida 16 mamlakatdan 100 dan ziyod sportchilarni o‘zida jamlagan “Xalqaro Olimpiyachilar forumi” bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirni tashkil qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh atletlarni sportdagi yangi tendensiyalarni tanishtirishdan iboratdir.

Ushbu xalqaro forumda O‘zbekistondan tashrif buyurgan delegasiya ham qatnashdi. Delegasiyamizdan 4 nafar sportchi: Valeriya Kovaleva (tog‘ chang‘isi), Medet Nazarov (tog‘ chang‘isi), Darya Svobodina (figurali uchish) va Azizmurod Shabazov (figurali uchish) o‘rin egallagan. Forumda asosan 14-17 yoshli qishki sport turlari bilan shug‘ullanuvchi sportchilar ishtirok etishgan bo‘lib, ularni kelasi yili Shveysariyaning Lozanna shahrida o‘tkaziladigan o‘smirlar o‘rtasidagi qishki Olimpiya o‘yinlariga ruhiy va psixologik jihatdan tayyorlashga asosiy e’tibor qaratilddi.

Forum davomida WADA, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasidan tashrif buyurgan mutaxassislar yosh atletlarga sportda sog‘lom raqobat bo‘lishi kerakligi, yuqori natija uchun taqiqlangan preparatlardan saqlanish va farmokologik vositalardan to‘g‘ri foydalanish kabi masalalar yuzasidan seminarlar o‘tkazishdi.

Tadbir yakuniga yetgach barcha delegasiya a’zolari uchun Moskva shahri bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.

Manba: Olympic
Kiritildi: 19:16, 04.06.2019.
O'qildi: 2710 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.